So’nggi yangiliklar

23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  0 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  16 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  18 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  98 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  39 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  672 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   3 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  6

Umid Ahmadjonov yaponiyalik malakali sport shifokorlarini O'zbekistonga olib keladi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov yaponiyalik malakali sport shifokorlarini O'zbekistonga olib keladi

Xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda Yaponiyada bo'lib turibdi. MOQ rahbarining kunchiqar yurtga tashrifi samarali davom etmoqda.

Bugun u 2020 yilgi Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mitasi va mamlakat sport associaciyasi vice-prezidenti, Yaponiya Parlamentidagi vakillar Palatasi azosi Toshiaki Endo bilan ko'rishgani haqida xabar berib o'tgandik.

Kunning ikkinchi yarmida esa Umid Ahmadjonov nafaqat Yaponiya, balki jahonda o'ziga xos obro'-etiborga ega tibbiyot fanlari doktori, professor, sport tibbiyoti tadqiqot markazi docenti, Yaponiya sog'liqni saqlash boshqarmasi sport tibbiyoti kafedrasi mudiri Xiroyuki Ishida bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekistonda sport tibbiyotini rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash, o'zaro tajriba almashish masalalarida kelishuvga erishdilar.

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo'mitasi huzurida jahon standartlariga to'liq javob beradigan, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taminlangan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ham faoliyat olib boradi. Umid Ahmadjonov yaponiyalik shifokorlarni yurtimizga taklif qildi. Ushbu taklifga javoban Xiroyuki Ishida boshchiligidagi shifokorlar 27 iyul – 2 avgust kunlari poytaxtimizga tashrif buyurib, o'zbekistonlik hamkasblariga master-klass va seminarlar o'tkazib berish istagini bildirdilar. Unda yapon mutaxassislari tibbiyot markazi faoliyatini samarali tashkil etish, sportchilarga tibbiy yordam ko'rsatish, ularni to'g'ri ovqatlantirish, o'z vaqtida kerakli vitaminlar bilan taminlash kabi masalalar yuzasidan o'z tavsiyalarini beradilar.

Takidlab o'tish lozimki, mamlakatda sport rivoji yo'lida sport tibbiyoti muhim yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Demak, ushbu kelishuv mamlakat sporti taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика