So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Umid Ahmadjonov: "Xalqimiz futboldagi katta g'alabalarni kutmoqda" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Xalqimiz futboldagi katta g'alabalarni kutmoqda"

Bugun Toshkent shahridagi "Miran" mehmonxonasida O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov, federaciya masullari, murabbiylar, futbolchilar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov murabbiy va futbolchilarga murojaat qilar ekan, jumladan, quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

O'zbek futboliga nisbatan bo'lgan mehrni qaytarish kerak. Xalqimiz futboldagi katta g'alabalarni kutmoqda.

"Yangi yildagi ilk nufuzli musobaqa arafasida turibsizlar. Bu musobaqada Sizlardan faqat va faqat g'alaba kutib qolamiz. Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqa olmagach, xalqning futboldan ko'ngli bir oz sovudi. Endi yana muxlislarni futbolga qiziqtirish, o'zbek futboliga nisbatan bo'lgan mehrni qaytarish kerak. Buni Sizlar amalga oshirasizlar. Xalqimiz futboldagi katta g'alabalarni kutmoqda.

Sizlar uchun qanday shart-sharoit kerak bo'lsa, barchasini muhayo qilib beramiz. Hozirda Prezidentimiz muhtaram SHavkat Miromonovich Mirziyoevning o'zbek futbolini rivojlantirish to'g'risidagi Qarorlari tayyorlanmoqda. Yaqinda ushbu qarorga imzo qo'yiladi. Mazkur Qaror yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, o'zbek futboli saviyasini oshirish uchun katta turtki bo'ladi.

SHuni unutmangki, ortingizda Prezidentimiz turibdilar, butun o'zbek xalqi turibdi. Umid qilib qolamizki, Siz o'zingizning chiroyli o'yinlaringiz orqali bizlarni, butun o'zbek xalqini xursand qilasizlar", - dedi Umid Ahmadjonov.

O'z o'rnida terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham so'zga chiqib, federaciya tomonidan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azolari uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar, o'quv yig'in mashg'ulotlari uchun minnatdorchilik bildirib, futbolchilar va murabbiylar xalqning ishonchini oqlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlariga vada berib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Olimpiya terma jamoamiz bugun tunda Xitoyga uchib ketishadi. Vakillarimiz Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini 9 yanvar kuni Qatar terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика