So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Umid Ahmadjonov buyrug'i bilan ikki shaxs futboldan butunlay chetlatildi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov buyrug'i bilan ikki shaxs futboldan butunlay chetlatildi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Ammo shunga qaramay, viloyat futbol federaciyalari tomonidan yurtimizda bolalar futbolining rivojlanishiga  to'g'anoq bo'ladigan bazi noxolisliklarga  yo'l qo'yilmoqda. 

SHu yilning 23-29 noyabr kunlari Buxoro shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar terma  jamoalarining  2000-yilda tug'ilgan o'smirlar guruhlari o'rtasida Respublika chempionati bo'lib o'tgani haqida avval xabar bergandik. CHempionatda 12ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda qatnashdi. 

Mana shu musobaqada Sirdaryo viloyati terma jamoasi tarkibida yoshi kichraytirilgan va qaydnomadan o'tmagan futbolchi ishtirok etayotgani O'FF vakili tomonidan aniqlangan va Sirdaryo viloyati terma jamoasining barcha natijalari bekor qilinib, musobaqadan chetlashtirilgan. 

Buxoro shahrida o'tkazilgan futbol bo'yicha Respublika chempionatida aniqlangan kamchiliklar, noxolislik, ko'zbo'yamachilik va mamlakatimizda bolalar va o'smirlar futbolini rivojiga to'g'anoq bo'layotgan illatlarni kelgusida bartaraf etish hamda musobaqada ishtirok etuvchi jamoa rahbarlari va murabbiylarining masuliyatini oshirish maqsadida O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning buyrug'i chiqdi. 


Buyruqda Sirdaryo viloyati jamoasi musobaqada yoshi kichraytirilgan hamda musobaqada ishtirok etish bayonnomasiga kiritilmagan futbolchilar bilan ishtirok etgan holda, noxolislikka yo'l qo'ygani, malumotlarni qalbakilashtirgani sababli viloyat jamoasiga masul bo'lgan shaxslar Jahongir Murodqosimov va Ahror Mirazimovlarni futboldan butunlay chetlashtirish va ularga futbol faoliyati bilan shug'ullanish uchun berilgan licenziya, sertifikatlarni bir umrga bekor qilish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasiga taqdimnoma kiritilishi aytib o'tilgan.


SHuningdek, Sirdaryo viloyati futbol federaciyasi aniqlangan faktlar yuzasidan tegishli masullarga keskin choralar ko'rishi va ko'rilgan choralar to'g'risida 3 kun muddatda  O'zbekiston futbol federaciyasiga malumot taqdim etishi belgilab qo'yilgan. 

Mazkur buyruq barcha hududiy federaciyalar etiboriga etkazilib, yuqoridagi holatlar takrorlansa, O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan keskin choralar ko'rilishi to'g'risida ogohlantirildi.


Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика