So’nggi yangiliklar

15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  3 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  10 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1

Ulug'bek Baqoev: "Sifatli futbol ko'rsatmagan bo'lsak ham g'alabaga erisha oldik" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Sifatli futbol ko'rsatmagan bo'lsak ham g'alabaga erisha oldik"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Qiyin o'yin o'tkazdik. Namangandagi "Navbahor" bilan o'yindan so'ng tiklanish uchun vaqt oz edi. Yigitlar charchoq tufayli bugun haqiqatdan ham qiynalishdi, buni murabbiy sifatida ko'rib-bilib turibman. Sifatli o'yin namoyish etmagan bo'lsak ham gollar urdik va g'alabaga erishdik. Muhimi – natija. 

Keyingi uchrashuvga qadar to'liq tiklanib yanada sifatli o'yin namoyish etamiz degan umiddaman. Jamoamiz azolariga bugungi o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

- Milan Mitrovichda uzatmalar xato chiqayotgani ko'zga tashlanmoqda. Bu borada ish olib borasizlarmi?

- To'g'ri, Mitrovich uzatmalarda xatoliklarga yo'l qo'ydi. U bilan darvozabonlar murabbiyimiz alohida ish olib boradi. Bu to'g'rilasa bo'ladigan xolat.

- Jamoani oldinda "Paxtakor", AGMK kabi kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar kutib turibdi...

- To'g'ri, biz yaqin kunlar ichida "Paxtakor" va AGMK bilan o'ynaymiz. Hozirda Superligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q, istalgan raqib muammo tug'dira oladi. Biz har bir o'yinga jiddiy yondashamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика