So’nggi yangiliklar

17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  9 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  3 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  2 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  3 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2

Ulug'bek Baqoev: "Qaysidir vaziyatlarda o'yinimizdan qoniqdim, bazi vaziyatlarda esa yo'q" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Qaysidir vaziyatlarda o'yinimizdan qoniqdim, bazi vaziyatlarda esa yo'q"

OFK Kubogi "E" guruh 1-tur doirasidagi "So'g'diyona" (O'zbekiston) - "Neftchi" (Qirg'iziston) o'yinida yukunlandi.

Uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "So'g'diyona" klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev va uchrashning eng yaxshi o'yinchisi Luka CHermel ishtirok etdi.

- Janob murabbiy, o'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Birinchi o'yin hayajonga boy tarzda o'tdi. Ushbu musobaqamizdagi debyut o'yinimizda g'alaba qozondik. Birinchi bo'lim so'ngida standard vaziyatdan gol kiritishga erishdik. Ikkinchi bo'limda to'pni nazorat qilishga intildik va ikkinchi golni urdik. Musobaqani g'alaba bilan boshlab oldik. Barcha futbolchilarni, jamoa azolarini va muxlislarni muborakbod etaman. 

-Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Luka CHermelning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Bugun uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan juda xursandman. "Neftchi" jamoasi ham rahmat aytaman. Ular yaxshi raqib bo'lishdi. Bugungi uchrashuv qiyin ruhda o'tdi. Kelgusi o'yinlarda ham shunday muvaffaqiyatga erishishga harakat qilaman. Oldimizda uch kun bor. 

- Janob murabbiy, birinchi bo'lim so'ngida gol kiritishga erishdingiz. Tabiiyki, "Neftchi" ikkinchi bo'limda keskinroq o'yin ko'rsatishi malum edi. Tanaffus payti shogirdlaringizga qanday ko'rsatmalar berdingiz?

- Tanaffusda ikkinchi bo'limda to'pni nazorat qilishni rejalashtirdik. Ishonchliroq o'ynash kerak edi. Birinchi bo'limda bir necha vaziyatlarda keraklicha harakat qilmadik. Ikkinchi bo'limda to'pni o'zimizda ushlab turish va vaziyat bo'lishi bilan hujumga o'tishni niyat qilgandik. Agarda buni iloji bo'lmasa, to'pni o'zimizda ushlab turishni rejalashtirgandik. 

- Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Luka CHermelga savol. OFK kubogida "So'g'diyona" birinchi marta qatnashmoqda. Dastlabki o'yindan keyin taassurotlar qanday?

- Men uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi emasman. Biz bir jamoa va bir oilamiz. Jamoamizdagi har bir o'yinchi bu o'yinda eng yaxshisi bo'ldi. 

- Luka CHermelga yana bir savol. OFK kubogidagi ilk uchrashuvingizdan qoniqdingizmi? Keyingi o'yin oldidan jamoada nimalarni yaxshilash kerak deb o'ylaysiz?

- Menimcha, paslar ustida ishlashimiz kerak. Birinchi taymda bu jabhada bir necha xatolar yuzaga keldi. Ishlashda, o'sishda davom etamiz.

- G'alaba bilan tabriklayman. Murabbiyga savol. OFK kubogida ilk marta o'ynamoqdasiz. Bir necha o'yinchilaringiz ham birinchi marta OFK kubogida maydonga tushishdi. O'yindan qoniqdingizmi?

- Qaysidir vaziyatlarda o'yinimizdan qoniqdim, bazi vaziyatlarda esa yo'q. Umuman olganda, bu futbol. Xatosiz futbol o'ynab bo'lmaydi. Har bir o'yindan so'ng xatolar ustida ishlaymiz. Bu normal holat. Biz o'sishni harakat qilamiz. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика