So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  9 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  24

Ulug'bek Baqoev: "Kam xato qilib, vaziyatlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Kam xato qilib, vaziyatlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak"

OFK Kubogi Hududlararo finali doirasidagi "So'g'diyona" – "Kuala-Lumpur Siti" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida vakillarimiz bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev va himoyachi SHahboz Jo'rabekov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz OFK Kubogidan oldingi so'nggi o'yinimizda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, mag'lub bo'ldik, ammo vaziyatlar bo'lgandi, foydalana olmadik. Ertangi yarim finalda nafaqat klub, balki mamlakat sharafini himoya qilamiz. SHu bois maydonga tushgan va tushmagan har bir futbolchi bir tan-u bir jon bo'lib harakat qilishi lozim. Bir oila bo'lishimiz va g'alaba qozonish uchun borimizni berishimiz kerak", – dedi Baqoev.

"Xudo xohlasa, ertaga g'alaba qozonib, nafaqat Jizzax, balki O'zbekiston ahlini xursand qilishga harakat qilamiz. Yigitlar kayfiyati alo darajada. Ertaga yutib, barchani g'alaba bilan shod etish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Raqib jamoani ham o'rganib chiqdik. Asosan, legionerlarga tayanib o'ynaydi. Ularni to'liq o'rganib chiqdik. Ertaga ijobiy natijani qo'lga kiritib, O'zbekiston xalqini xursand qilishni niyat qilganmiz", – dedi Jo'rabekov. 

- Murabbiyga savol. Raqib oxirgi 2 ta o'yinda 8 ta gol urgan. Ko'p gol urishiga qaramasdan, hujumkor jamoa deb bo'lmaydi. Oxirgi o'yinlariga nazar tashlasak, ular ko'proq himoyaga etibor qaratadigan va qarshi hujumlardan unumli foydalana oladigan jamoa. "So'g'diyona" qarshi hujumda kuchli klubga qarshi o'yinga tayyormi?

- Umuman olganda, "Kuala-Lumpur Siti" yuqori darajali futbolchilarga ega. Jamoa kam vaziyat yaratib, ulardan maksimum foyda chiqaradi. Lekin biz o'sha minimal imkoniyatlarga yo'l qo'yib bermaslik ustida ishlayapmiz. Etiborni yo'qotmasligimiz va gol o'tkazib yubormasligimiz darkor. Kam xato qilib, vaziyatlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak. Keyingi bosqichga chiqish uchun deyarli xato qilmaslik lozim. 

- Murabbiyga savol. "So'g'diyona" standartlarda yaxshi o'ynaydi va "Kuala-Lumpur Siti" kabi qarshi hujumlarda xavfli. Malayziya klubining kuchli tomonlari haqida gapirib o'tsangiz...

- "Kuala-Lumpur Siti" hujum chizig'i juda kuchli. Himoyadan hujumga juda tez o'tadi. Deyarli yo'qotishlarsiz hujumga o'tib ketishadi. Hujumlari yuqori darajada tashkil etiladi. Kam imkoniyatdan maksimum foyda chiqarib, gol urishadi. Hindistonning "Mohun Bagan" klubiga qarshi o'yindagi harakatlariga nazar solsak, hindistonliklar o'yinni nazorat qilgan, ammo "Kuala-Lumpur Siti" o'yin oxirida g'alabani ilib ketgan. Jamoa yuqori darajali futbolchilar evaziga juda kuchli.

- Futbolchiga savol. Raqibning kuchli jihati qarshi hujumlarda, deb aytilyapti. Siz "So'g'diyona"ning eng tezkor himoyachisiz. Ular ko'p marta qarshi hujumga o'tishga urinishadi. Bu epizodlarda asosiy yuk sizga tushadi. Bunga tayyormisiz?

- Albatta, tayyorman. Bunga ancha tayyorgarlik ko'rdik. O'yinlarini ko'rib chiqdik. Haqiqatan qarshi hujumlarda kuchli o'yin namoyish etishadi. Xudo xohlasa, eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, raqibga imkon bermaslikka harakat qilamiz. Murabbiylar ko'rsatmalarini to'g'ri bajarib, g'alaba qozonamiz va ishqibozlarni xursand qilamiz degan umiddaman.

- Murabbiyga savol. "So'g'diyona" Coca Cola Superligasida oxirgi turlarda biroz omadsiz natijalarni qo'lga kirityapti. Bu natijalar futbolchilarning kayfiyatiga tasir qilishi tabiiy holat. Bu ertangi xalqaro o'yinga tasir ko'rsatmaydimi?

- Uzoq muddatli turnir davomida jamoalar yo'qotishlarni to'ldirib borishi mumkin. Bu – bir ijobiy tarafi. Lekin shunday turnir borki, unda xato qilishga haqqingiz yo'q. Aks holda, chiqib ketasiz. Bular ikki xil musobaqa. 

Albatta, mag'lubiyatlar yoqimsiz. Biz chempionatning oxirgi turlarida g'alaba qozona olmadik. Lekin bu – futbol. Har bir klubda pasayish va yuksalish bo'ladi. 

Oldinroq aytganimdek, kamroq xato qilib, hujumda ko'proq samara chiqarishimiz kerak.

Eslatib o'tamiz, OFK Kubogi-2022 Hududlararo final uchrashuvi ertaga 18:00 da "So'g'diyona" sport majmuasida start oladi.

OFK Kubogi. "So'g'diyona" "Kuala-Lumpur"ga qarshi bahsda oq libosda harakat qiladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика