So’nggi yangiliklar

15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  1 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  5 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  5 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  22 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3

Ulug'bek Baqoev: "Birinchi qadamni tashladik, endi ikkinchisiga navbat" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Birinchi qadamni tashladik, endi ikkinchisiga navbat"

OFK Kubogi 2-turi doirasida CSKAga qarshi o'yindan oldin "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev hamda hujumchi SHohruz Norxonov ishtirok etdi.

Ulug'bek Baqoev: - Hayrli kun. CSKAning "Oltin Asr"ga qarshi o'yinini kuzatdik. Jamoa tartibli o'ynadi. Gol urib ketishi ham mumkin edi. Biroq bu amalga oshmadi. Yakunda urilgan gol esa jamoada xarakter, jangovarlik ruxi borligini anglatadi. SHu sababli bahsga qattiq tayyorlandik. Birinchi qadamni tashladik, endi ikkinchisiga navbat. Ertaga muxlislar qarshisida o'ynaymiz. Bu ham jamoaga qiyinchilik tug'diradi. Muxlis sifatida ertangi bahs qiziqarli bo'lishini ham kutyapman.

SHoxruz Norxonov: - O'tgan o'yin qiyin bo'ldi. CSKA esa o'z muxlislari oldida yaxshi o'yin ko'rsatadi. "Oltin Asr"ga qarshi o'yinda jamoa o'zining metin xarakteri evaziga so'nggi daqiqalarda gol urib, durang o'ynadi. Kuchli, yaxshi shakllangan jamoa. Bahsga 100 foiz tayyorman deb ayta olaman.

- Dastlabki uchrashuvdan keyin "So'g'diyona"ni turnirning favoritlaridan biri deb hisobladik. Jamoaning ertangi o'yin uchun psixologik tayyorgarligi qanday? Bu holat jamoaga bosim bermaydimi?

Ulug'bek Baqoev: - Ruxan ham 100 foiz tayyormiz. Balki ayrim futbolchilarning jismoniy tayyorgarligida muammolar bo'lishi yoki asosiy tarkibni tanlashda qiynalishim mumkin. Hozir murabbiylar shtabi bilan o'yinni kuchaytirish borasida o'ylayapmiz. Zaxiradan tushganlar ham o'yinni tezlashtirishini istaymiz. Ammo shu bilan birgalikda keyingi o'yinni, rotaciya orqali ayrim futbolchilarning dam olishini ham o'ylashimiz kerak.

- Jamoa ertangi o'yinda g'alabaga erishsa, peshqadam sifatida pley-off bosqichiga yo'llanma olishi aniq bo'ladi. Agar mag'lub bo'lsa, barchasi uchinchi turga qoladi. Bu narsa jamoaga qanchalik bosim beradi?

SHohruz Norxonov: - Bosim yo'q. CSKA o'z maydonida, o'z muxlislari qarshisida o'ynaydi. Biz esa baribir yaxshi natija haqida o'ylayapmiz. Nima bo'lgan taqdirda ham 3-turda g'alaba uchun o'ynaymiz. Agarda vaziyat o'zgaradigan bo'lsa, uchinchi bahsimizda natija uchun ham o'ynaymiz. Ammo hozir oldimizda CSKAga qarshi bahs kutib turibdi. Ayni damda bu o'yin eng muhimi.

- Bu erda har uch kunda o'yin o'ynaladi. Murabbiylar jamoani o'yinga tayyorlashda, keyingi bahs uchun mashg'ulotlarda qiynalyaptimi?

Ulug'bek Baqoev: - Bu erda futbolchilarni tiklab olish katta muammo. Futbolchilar bilan mashg'ulot olib borish emas, ularni keyingi o'yingacha ham ruxan, ham jismonan charchog'ini chiqarish asosiy o'rinda. Ularni shunchaki charchog'ini chiqarib, keyingi o'yinga tayyorlash kerak. Bu futbolning bo'lagi. Unga to'g'ri qarash va murabbiylar shtabi bilan ishlash kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика