So’nggi yangiliklar

00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  3 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:10Европа лигаси. "Тоттенхэм" – "Манчестер Юнайтед". Финал старт олди! (онлайн ҳисоб)  38 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  11 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  12

Ulug'bek Baqoev: "Agarda kelajagimni muhokama qilmoqchi bo'lsangiz, mendan intervyu oling" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Agarda kelajagimni muhokama qilmoqchi bo'lsangiz, mendan intervyu oling"

OFK Kubogi Hududlararo finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Kuala-Lumpur Siti" uchrashuvida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

Butun o'yin davomida tempni ushlashga harakat qildik, ammo yakunga qadar raqib darvozasini ishg'ol qila olmadik. "Kuala-Lumpur" jamoasi o'zlari xohlaganidek penaltiga qadar etib bordi va istaganiga erishdi. Penalti — bu lotoreya. SHu bois yigitlarga shikoyatim yo'q. Futbolda bunday holatlar sodir bo'ladi, shu bois barcha yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Hayot davom etadi. 

— O'zbekiston kubogi doirasida "Qizilqum"ga qarshi bahsda ham so'nggi daqiqalarda SHirinboy Abdullaevni maydonga tushirgandingiz. O'sha o'yinda u birorta penalti qaytarmagandi. Bugun ham ushbu qarorga keldingiz. Balki Mitrovichga imkoniyat berganingizda yaxshiroq bo'larmidi...

— Hozir bu haqda nimadir deyishga kech bo'ldi. SHunday holat sodir bo'lishi mumkin edi. Lekin biz g'alaba qozonish maqsadida shunday yurishni amalga oshirdik. SHirinboy malakali darvozabon. O'yinda bunday voqealar bo'lib turadi, shu bois unga yoki boshqa yigitlarga shikoyatim yo'q. Bu bizning rejamiz edi va yigitlar shunga muvofiq harakat qilishdi. 

— Nima uchun o'yin davomida o'zgarishlar juda kech amalga oshirildi? Ehtimol, 90 daqiqada tarkibni yangilash evaziga uchrashuv taqdirini hal qilish mumkin edi.

— Bugun ham jismoniy, ham texnik rejalar tuzgandik. SHuning uchun almashtirishlarga shoshmadik. CHunki bunday o'yinning ritmiga tushib olish juda murakkab sanaladi, shu bois, biz futbolchilarning jismoniy holatiga qarab, ularni almashtirdik. Futbolchilar charchab qolib, hech narsaga qodir bo'lmay qolganida, ularni zaxiraga oldik. SHunga qaramay, butun jamoa yaxshi o'yin namoyish etdi. To'g'ri, bizda son-sanoqsiz vaziyatlar yuzaga keldi, ammo ularni yakuniga etkaza olmadik. Umuman olganda, shikoyatim yo'q.

Bu bosqichga butun jamoa, aytaylik, butun shahar, murabbiylar shtabi ilk bor etib keldi. Bu bizning kelajagimiz uchun saboq bo'ldi. Bugun biz mag'lub bo'lmadik, aksincha, g'alaba qozondik, shunchaki omad raqiblarga kulib boqdi. Bu bizning darajamiz. Endilikda o'z ustimizda ishlashimiz va to'xtamasligimiz lozim. Bizda yaxshi yosh futbolchilar bor. Bunday turnirlar hali ko'p bo'ladi, shu bois men ushbu bosqichga etib kelgan yigitlarni tabriklayman. Qolaversa, klub rahbariyati va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, ular bu turnirda bizga ko'p yordam berdi.

— Jamoa OFK kubogi yarim finalidan tashqari Superliga chempionligi uchun kurashdan ham chiqdi. Oldinda faqatgina kubok uchun imkoniyat mavjud. Lekin raqib "Navbahor". Baqoevning kursisi qimirlab qolmadimi?

— Biz bugungi o'yinni va kelgusidagi bahslarni muhokama qilyapmiz. Men bu savolning manosiga tushuna olmayapman. Biz o'yinni muhokama qilyapmizmi yoki mening kelajagimnimi? Agarda kelajagimni muhokama qilmoqchi bo'lsangiz, mendan intervyu oling. Har qanday murabbiy klubga kelishi va ketishi mumkin. Buni rahbariyat hal qiladi.

— Har qanday holatda ham sizni tabriklaymiz. Jizzaxga katta futbol ob-havosini olib kirdingiz. Yarim finalgacha borish ham katta natija. Raqib darvozabonining jismoniy holati unchalik yaxshi emasdi. Nima uchun uzoqdan zarbalar bo'lmadi. Jamoa rejasida penaltilar seriyasigacha borish rejasida bormidi? 

— Qutlov uchun minnatdorchilik bildiraman. Klubni yaxshi-yomon kunlarda qo'llab-quvvatlayotganlarga tashakkur deyman. O'yinga kelsak, bizda penaltigacha borish rejasi yo'q edi. Biz agressiv va hujumkor o'yin ko'rsatmoqchi edik. Raqib darvozaboni ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Hujumlarni yakunlashda sustkashlikka yo'l qo'ydik. SHu sababli, o'yin penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. Penalti 50 ga 50 degani. Unda barchada g'alaba qozonish imkoniyati mavjud.

Reyting: -49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика