So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  3 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  12 19:35U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  100 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  3 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  2 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  14 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  24 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1

Ulug'bek Bakaev: "Vaqtni atayin cho'zish haqida ko'rsatma bo'lmagan" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Vaqtni atayin cho'zish haqida ko'rsatma bo'lmagan"

"Navbahor" hamda "Buxoro" o'rtasidagi Superliganing qoldirilgan 8-tur o'yinidan (1:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


“Bugun turli vazifalar uchun kurashayotgan ikki jamoa o'yiniga guvoh bo'ldik. “Navbahor” chempionlik uchun kurashayotgan bo'lsa, biz ligada qolish uchun kurashayapmiz. Jamoalar orasidagi tafovut hozircha shunday. SHunga qaramay, o'yin teng kurashlar ostida kechdi deyish mumkin. Raqib to'pga egalik qilishda, standar vaziyatlarda ustunroq o'ynadi. Ammo, bizda ham etarlicha imkoniyatlar bo'ldi. Ammo, gol kirita olmadik. Raqib esa, imkoniyatidan foydalandi va gol urdi. Bu g'alaba bilan ularni tabriklayman. “Navbahor” keyinroq xalqaro musobaqada ham yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Ularga ushbu musobaqada ham omad tilayman”, - deydi Baqoev.

“Ob-havo harorati issiqroqligi sabab ayrim o'yinchilarimizda charchoq alomatlari sezildi. Markaziy himoyachimiz va Aleksandr Kasyan aynan shuning uchun almashtirildi. Vaqtni atayin cho'zish haqida ko'rsatma bo'lmagan. Biz aksincha darvozabonimizga to'pni tezroq o'yinga kiritish kerakligini aytib turdik”.

“Norxonov mahoratli va tajribali hujumchi. Uning kuchli tomonlari ko'p. Balki, “Navbahor”da adaptaciya jarayoni qiyinroq kechgandir”.

“Ochig'ini aytaylik, “Navbahor”ning barcha chiziqlarida saviyali futbolchilar to'p tepadi. Himoyada ham, yarim himoya va hujumda ham. Qolaversa, jamoa uyida o'ynaganda psixologik ustunlik ular tomonda bo'ladi. Bugun raqib ushbu imkoniyatlaridan foydalana oldi”.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика