So’nggi yangiliklar

13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  0 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  1 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  1 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1

Ulug'bek Bakaev: "SHaxsiy fikrimcha, penalti yo'q edi. To'p futbolchining qaeriga tekkani kameralarda ko'rinmagandi" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "SHaxsiy fikrimcha, penalti yo'q edi. To'p futbolchining qaeriga tekkani kameralarda ko'rinmagandi"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- O'yin yaxshi, kurashlarga boy bo'ldi. O'yinchilarga etirozim yo'q. Gol urishimiz mumkin edi, ammo mahorat etishmadi. O'yin oxiridagi penaltiga kelsak, bilmadim. Hakamlar qanday qilib penaltini baholashadi? Qanday qilib penalti qo'yishadi? SHaxsiy fikrimcha, penalti yo'q edi. Maydonga shuncha muxlis keldi, futbolchilar ter to'kishdi, hamma harakat qildi. Hakam esa bitta epizodda penalti qo'ydi va bo'ldi. O'yinchilarga va muxlislarga rahmat aytaman.

- O'yinga etti daqiqa qo'shib berildi, jamoalar esa penaltidan so'ng uch daqiqa o'ynashdi...

- Bu savol menga emas, hakamlarga berilishi kerak. Ular qanday qilib bunday qarorga kelishganini bilmayman. Penalti esa yo'q edi. Birinchidan, o'yinchi boshqa futbolchiga juda yaqin masofada edi. To'pga o'ynamoqchi bo'lgan futbolchining qaeriga to'p tekkani ham ko'rinmagan. To'pning qaerga tekkani xatto ko'rinmagandi. Kameralarda bu yo'q edi. Hakam esa penalti qo'ydi. Balki, ularda boshqa kamera bordir, ammo bizga ko'rsatilgan tasvirlarda penalti yo'q edi. SHunchaki, yigitlarga achinyapman. Ular 90 daqiqa harakat qilishdi va bitta epizod barchasini barbod qildi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика