So’nggi yangiliklar

19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  5 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  13 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи" (матнли трансляция)  12 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  4 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  8 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  15 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1

Ulug'bek Bakaev: "Selekciya ishlari boshlab yuborilgan. Tarkibdagi bir qancha futbolchilarning ketishi aniq" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Selekciya ishlari boshlab yuborilgan. Tarkibdagi bir qancha futbolchilarning ketishi aniq"

Coca Cola Superligasi 11-turi doirasida "So'g'diyona"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Buxoro" ustozi Ulug'bek Bakaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Birinchi bo'limda ham ikkinchisida ham zo'r o'ynadik. Yaxshi vaziyatlar yaratdik. Gol urish uchun barcha ishni qildik, gol urdik ham. Nima sababdan golni hisoblamaganini tushunmadim, hakamlar o'zaro suhbatlashib, offsayd qarorini chiqarishdi. Tushunarsiz holat. Ular offsaydni qay tariqa aniqlashganini bilmadim. Goldan keyin bir qancha o'zgarishlar qildik va bu o'ylashimcha, muvaffaqiyatsiz bo'ldi. O'yinga qaytadan kirayotganimizda ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Futbolda kim gol ursa, o'sha yutadi. Demak, futbolchilarimning bugungi darajasi shunday. Demak, yil boshida selekciya ishlarini amalga oshirgan insonga yuzlanish kerak. Ayrim futbolchilar esa umuman jamoa darajasida emas. Bazilar esa harakat qilishmoqda. Bugungi kunda holatimiz shunday. O'z navbatida klubdagi holat ham yaxshi emas. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman. Navbatdagi o'yinlarga tayyorlanamiz. 

- Jamoaga kelganingizdan buyon besh himoyachilik taktikada jamoani o'ynatyapsiz. Bu qanalik foyda bermoqda. Balki etiborni hujum va markaziy yarim himoyaga berish kerakdir...

- Biz qo'l ostimizdagi futbolchilarning darajasidan kelib chiqyapmiz. Yani, tarkibdagi futbolchilarning imkoniyati, qo'lidan keladigan ishlariga qarayapmiz. Bugun ushbu futbolchilar bilan shunday o'yin ko'rsatish mumkin va biz qandaydir darajada mehnatimiz mevasini ko'ryapmiz. O'tgan o'yinda ham biz mag'lub bo'lmasligimiz kerak edi. SHuningdek, bugun ham. Futbol shunaqa. Jamoaning qanday taktikada o'ynashi futbolchilarning mahorati, ustamonligiga bog'liq. Bugungi kunda "Buxoro" futbolchilarining darajasi shunday taktikada o'ynash uchun etarli. Bunda ham o'sib, rivojlansa bo'ladi. Barchasi natija ko'rsatish uchun. Natija - ochko beradi. Natija - muxlislarga xursandchilik taqdim qiladi va hokazo. SHu sababli holat shunday. Muxlislar nuqtai nazaridan olib qarasak, ular bizni, futbolchilarni qo'llab-quvvatlashi yoqimliroq bo'lardi. Bunday gaplarni eshitish unchalik yaxshi emas. 

- "Buxoro"ning hisobga olinmagan goli jamoaga qanchalik tasir qiladi deb o'ylaysiz?

- Ruxiy tomondan bu albatta, tasir qiladi. Agarda gol inobatga olinganida o'yin darajasi boshqacha bo'lib ketardi. Futbolchilarning ruxiyati ko'tarilardi. SHuningdek, xavfliroq o'yin namoyish qilardik. Uning tasiri katta bo'ladi. Balki, bugun yutqazmasdik. Ammo barchasi bunga bog'liq emasdi. To'g'risi, bunga baho berish juda qiyin. CHunki biz hakam emasmiz. Hakamlar qo'mitasi bor, nazorat qilishadi. Gol hisoblanmadimi, demak, sababi bor. Agarda gol hisoblanganida, balki, 2:0, 3:0 hisobida g'alaba qozongan bo'larmidik...

- O'tgan intervyularingizda tarkibga olib kelinadigan futbolchilar ro'yxatini tuzib olishga vaqt bor degandingiz. Hali ham shu fikrdamisiz yoki transferlar uchun ishlar boshlab yuborilganmi?

- Selekciya ishlari boshlab yuborilgan. Buni yashirib o'tirmayman. Tarkibdagi ayrim futbolchilarning ketishi aniq bo'lgan. CHunki bu tarkibni men yig'maganman. Direktor, sport direktori bu borada ishlayapti. Bu bizning ishimiz emas. Holatimiz og'ir, transferlar orqali vaziyatdan chiqib keta olishimiz mumkin. Barchasi yaxshi bo'ladi.

- Jamoaning o'ng qanot himoyasida muammolar paydo bo'la boshladi. Mavsum boshida o'ng qanotda Ixtiyor Toshpo'latov harakat qilayotgandi. Siz kelganingizdan keyin u o'yinlarga tushmay qo'ydi. Balki uni sinab ko'rish kerakdir.

- Agarda yodingizda bo'lsa, u "Bunyodkor"ga qarshi o'ynagandi. Kim o'yinga tushishga loyiq bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Futbolchining ruxiy, jismoniy holati yaxshi bo'lganlar o'ynaydi. Loyiq bo'lmaganlar esa yo'q. Bu oddiy arifmetika. 

- Muxlislarga aytadigan so'zlaringiz bormi?

- Sabr qilishingizni, futbolchilarni, jamoani qo'llab turishingizni istayman va biz Sizlarga hali xursandchiliklar taqdim qilamiz. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика