So’nggi yangiliklar

16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  2 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  1 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  8 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  0 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  4 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  13 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  19 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  4 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  5 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  7

Ulug'bek Bakaev: "Natija qoniqarli bo'lmasa, bajarilayotgan ishlar samarasiz bo'laveradi" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Natija qoniqarli bo'lmasa, bajarilayotgan ishlar samarasiz bo'laveradi"

Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- O'yin qiziq bo'ldi. Birinchi bo'limda biroz o'yinimiz chiqmadi. Ikkinchi taymda esa o'yinimizni yaxshiladik, agressiv harakatlana boshladik, vaziyatlar yaratdik. Gol urishimiz ham mumkin edi. 90-daqiqadan keyin penaltidan foydalana olmadik. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman va raqibni g'alaba bilan qutlayman.

- "Buxoro" murabbiyi sifatida beshinchi o'yinni o'tkazdingiz. "Buxoro"dagi dastlabki o'yinlaringizga baho berib o'tsangiz?

- Natija qoniqarli bo'lmasa, bajarilayotgan ishlar samarasiz bo'laveradi. Jamoa qiyin ahvolda edi, bizga etarlicha vaqt kerak, shundan so'ng biz natijaga erisha olamiz. Sekin astalik bilan o'sishga erishyapmiz, bugun durang o'ynasak ham bo'lar edi, masalan. Kichik o'sish bor deb o'ylayman. Hozirda har bir ochko oltinga teng.

- Ulug'bek aka jamoada o'sish bor, lekin siz istagandek agressiya va kurashuvchanlik etishmayotgandek. Bunga sabab nima, futbolchilarning xarakterimi?

- Menimcha bu futbolchilarning darajasiga bog'liq. Har xil darajadagi futbolchilar bor, kimdur yuqori darajada, kimdur o'rta, kimdur esa past darajada o'ynaydi. Yuqori darajali futbolchilar o'z oldiga aniq maqsad qo'yadi va shu maqsadni zabt etish uchun o'ynashadi. SHu sabab darajamizni oshirishimiz kerak. Raqibdan qo'rqmaslik kerak. SHunchaki maydonga tushib, bor kuchini ko'rsatish kerak. Ha, agressiya etishmayapti, bunga sabab futbolchilarning darajasi deb o'ylayman.

- "Olimpik"da ishlayotgan Yaremchuk va "Neftchi"da ishlayotgan CHirich sizning murabbiylar shtabingizga qo'shiladi degan xabar tarqaldi. SHu habarlar rost bo'lsa, nega aynan tanlov ushbu murabbiylarga tushdi?

- Ular jamoa bilan shartnoma tuzib bo'lishdi. Yaremchuk mening murabbiylar shtabimda ishlagan, u men bilan "So'g'diyona"da edi. Yaremchukni "Olimpik"ga vaqtinchalik ijaraga bergan edik, sababi u Olimpiya terma jamoasida Kapadze bilan birga ishlaydi.

- Bugun Stanisavlevichni erta almashtirdingiz. Bunga sabab nima bo'ldi? Uni keyingi uchrashuvlarga asradingizmi?

- Bugun yarim himoyamiz yaxshi o'ynay olmadi. Biz yutqazayotgan edik va shu sabab o'zgarishlar qilishimiz kerak edi. Biz taktikamizni o'zgartirdik. SHu sabab, futbolchilarni ham o'zgartirishimiz kerak edi. Sababi shu.

- Siz "So'g'diyona"ni o'rtamiyona jamoadan, chempionlik uchun kurashadigan jamoa darajasigacha olib chiqqan edingiz. "Buxoro" jamoasini ham shunday o'zgartirishingizga qancha vaqt kerak bo'ladi?

- Biz hamma narsani bir soniyada o'zgartirib yuboradigan afsungar emasmiz. Vaqt kerak bo'ladi, bizning yosh o'yinchilarimiz ham ancha iqtidorli. Ular bilan ko'p ishlashimiz kerak. Jamoa bilan ko'p mehnat qilishimiz kerak. Sabr qilsaq, yaxshi natijalarga erisha olamiz deb o'ylayman.

- Bugungi uchrashuvda hujum chizig'ida kreativlik etishmagandek. Dilshod Jo'raev oldingi chiziqqa o'tganidan so'ng, xavfli vaziyatlar paydo bo'lishni boshladi. Keyingi uchrashuvlarda Jo'raevni oldinroqda o'ynatish rejasi bormi?

- Kreativ qarorlarni qabul qilish ham futbolchining darajasiga bog'lik deb o'ylayman. Dilshod oldinroqqa tortilishining sababi "Paxtakor" bir kishi kam bo'lib qolgandi. Qizil kartochkadan so'ng, biz ko'proq hujumga o'tishimiz kerak edi. Ko'ramiz, keyingi uchrashuvlarda Dilshod hujum chizig'iga yaqinroq harakatlanishi ham mumkin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика