So’nggi yangiliklar

15:46"Барселона" Лига 1'даги иқтидорга кўз тикди  0 15:19Моуринью Винисиус билан либос алмашган "Бенфика" ҳимоячисини таркибдан четлатди  0 14:50"Локомотив" "Қўқон-1912" билан муроса кўчасини танлаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:33"Сўғдиёна" либослар бўйича талабни бузгани учун жаримага тортилади  3 14:18"Янги Родриго туғилди". "Реал" ҳужумчиси операциядан кейин мухлисларга мурожаат қилди  0 13:50"Барселона" собиқ футболчиси "Реал"ни бошқариши мумкин  5 13:23ФИФА президенти ЖЧ-2026 фаворитини айтди  5 12:56Бундестимда Клопп даври бошланадими?  1 12:28"Бунёдкор" қишда рўйхатдан ўтказган легионер Европа клуби билан шартнома имзолади  1 12:05Жасур Яхшибоев нима учун "Локомотив"га келган жойида йўқ бўлиб қолди?!  21 11:42Италиялик мураббий "Тоттенхэм" таклифини рад этиб, МЮни танлади  5 11:00Чемпионлар лигасида тарихий кун: икки инглиз клуби бир кунда йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 10:35"Динамо" ўз майдонида 18 йилдан бери "Насаф"ни енга олаётгани йўқ  10 10:05Арбелоа: "Реал"миз ва бизни ҳеч қачон камситиш мумкин эмас"  28 09:45Гвардиола: "Куртуа ажойиб ўйин кўрсатди, деб ўйламайман"  14

Ulug'bek Bakaev: "Men uchun yosh o'yinchi degan tushuncha yo'q. "Navbahor"ga qarshi g'alaba uchun maydonga chiqamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Men uchun yosh o'yinchi degan tushuncha yo'q. "Navbahor"ga qarshi g'alaba uchun maydonga chiqamiz"

O'zbekiston kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvdan so'ng "Buxoro" ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida fikringiz

– Omadsiz o'yinlardan keyin bugun yigitlar g'alaba qozonishni istashgandi. Ikki barobar qiyin bo'ldi. "Lokomotiv" ajoyib jamoa, o'yinchilar sifati juda yaxshi. Ularda o'yin boshida yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Biz standart vaziyatdan gol urib, o'zimizga bo'lgan ishonchimizni oshirdik. Ikkinchi bo'limda ham shunday bo'ldi va raqibni qarshi hujumda ushladik. 

– Bugun juda ko'p yosh o'yinchilar maydonga tushishdi. Bu haqda nima deya olasiz?

– Nima ham deya olaman. Men uchun yosh o'yinchi degan tushuncha yo'q. Men ularni jamoa o'yinchisi sifatida ko'raman. Ularning pasportiga qaramaymiz. Ko'p futbolchilarga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat beryapmiz. Bugungi o'yin agar harakat qilmasangiz, qiynalib qolishingizni ko'rsatdi. 

– Jamoa keyingi bosqich yo'llanmasini 80% ga uddaladi. Kelajakda qanday maqsadlar bor?

– Har bir turnirdan maqsadimiz bor. Boshida guruhdan chiqish edi vazifamiz edi. Hozir ham bu ishni uddalaganimizcha yo'q. Raqibni mag'lub qilib, keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilganmiz. 

– "Buxoro" jamoasida bir necha mag'lubiyatlar bo'ldi. Keyingi o'yinda "Navbahor" kutib turibdi. Bu o'yindan kutilmalar qanday?

– O'zbekiston chempionatidagi har bir tur kutilmagan voqealar taqdim qiladi. "Navbahor"ga qarshi o'yinga tayyorlanamiz. Faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz, uyog'i nima vaziyat yuz berishiga bog'liq.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика