So’nggi yangiliklar

12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  0 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизишни ишлари бошлади  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  2 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  4 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3

Ulug'bek Bakaev: "Kerakli o'yinlarda ochko yo'qotmaganimizda ligadan chiqib ketmasdik" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Kerakli o'yinlarda ochko yo'qotmaganimizda ligadan chiqib ketmasdik"

Coca Cola Superligasi 19-turi doirasida "Olimpik"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev fikrlarini bildirdi.


- Nima ham derdim. O'yinda katta kuch sarflagan yigitlarimga minnatdorlik bildiraman. O'yinda 3ta muhim vaziyatga ega bo'ldik. Bu o'yinning borishini o'zgartirib yuborishi kerak edi. Gapirishdan foyda yo'q, o'yin translyaciya qilindi, odamlar barchasini ko'rdi. Biroq o'rtoq hakam shunday qaror chiqardi. Yigitlar uchun afsusdaman. Ular katta mehnat qilishdi, ammo yakun shunday bo'ldi. SHu sababli yigitlarga, muxlislarga rahmat aytaman. Biz oldinga harakatlanishda davom etamiz.

- Hakamlar avvaliga "Paxtakor", keyin bugungi o'yinda xato qilishdi.

- Bizning chempionatimiz shunday. Biz muhim 5-6 o'yinda kerakli vaziyatlardan foydalana olmagan holda mag'lub bo'ldik. Agarda o'shanda ochkolar olganimizda hozir biz turnirdan chiqib ketmagan bo'lardik. Hozir bahona qidirish shart emas. Kimnidir aybdor qilmayman, men murabbiyman va natijaga javob beraman. Barchaga rahmat.

- "Buxoro" bilan shartnomangiz bormi?

- Ayni damda bor. Qolganini mavsum yakunlanganidan keyin rahbariyat bilan gaplashib olamiz. 

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика