So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Ulug'bek Bakaev: "Avvalo guruhdan chiqib olaylik" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Avvalo guruhdan chiqib olaylik"

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Aral akademiya" uchrashuvidan so'ng (7:1) mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Guvohi bo'lganingizday, o'z ambiciyalariga ega yoshlardan iborat raqibga qarshi maydonga tushdik. Bazi vaziyatlardan foydalana olmaganimizni hisoblamaganda, o'zimiz xohlagan natijaga erishdik. Keyingi o'yinlarda "Aral akamiya"ga omad yor bo'lsin. SHu bilan birga, yosh jamoa yorqin kelajakka erishishini tilayman.

- Bugun zaxira o'yinchilariga imkoniyat taqdim etildi. Mazkur bahsda qaysi futbolchi sizni hayratda qoldira oldi?

- Biz bir necha o'yinlar mobaynida maydonga tushmagan o'yinchilarga imkon berdik. Buning ham ijobiy tomonlari bor. Jamoada raqobat yuzaga kelishi uchun bundan unumli foydalanishimiz kerak. SHu bois, bugun maydonga tushgan yigitlarning o'yini manzur keldi.

- "Buxoro"ning asosiy maqsadi Superligaga yo'l olish hisoblanishini bilamiz. O'zbekiston kubogida ham jamoa qandaydir maqsadni ko'zlaganmi?

- Kubokda, avvalambor, guruhdan chiqishni uddalashimiz lozim. Bu minimal vazifa sanaladi. Pley-offga yo'l olgandan so'ng navbatdagi to'qnashuvlarga tayyorgarlik ko'ramiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика