So’nggi yangiliklar

16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  5 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7

Ukrainalik hujumchi, "Mashal" ustozi va qalqoni - Pro liga 5-tur laureatlari Yangiliklar

Ukrainalik hujumchi, "Mashal" ustozi va qalqoni - Pro liga 5-tur laureatlari

Championat.asia sayti Pro liga 5-turining eng yaxshilarini aniqladi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi darvozaboni - Umidjon Hamroev ("Mashal")

"Mashal" jamoasi bu turda mehmonda "Buxoro" bilan kuch sinashdi. Pro ligada 5 ta tur ortda qoldiki bu ikki jamoaning darvozasiga hali hech kim yo'l topa olgani yo'q. Ayniqsa muborakliklar darvozaboni Umidjon Hamroev avvalgi uchrashuvlarda bo'lgani kabi "Buxoro"ga qarshi o'yinda ham bir nechta vaziyatlarda jamoasini qutqardi. O'z darvozasi dahlsizligini saqlab kelayotgan kiper tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rildi. 


"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi futbolchisi - Sergey Petrov ("Qo'qon-1912")

"Qo'qon-1912" jamoasi o'tgan turda "Olimpik Mobiuz" mehmoni bo'ldi. "SHunqorlar" shu kuni ukrainalik hujumchi Sergey Petrov tomonidan amalga oshirilgan xet-trik evaziga safardan uch ochko bilan qaytdi. Petrov bundan tashqari joriy yilda bitta uchrashuvda 3 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. SHubhasiz u turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 


"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi murabbiyi - Asror Aliqulov ("Mashal")

"Mashal"ning Pro ligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda. Jamoa 5-turda Toshkentda "Buxoro" maydonidan ortga 1 ochko bilan qaytdi. O'yin mezbonlarning ustunligi ostida o'tganiga qaramasdan Asror Aliqulov shogirdlari tartibli o'yini bilan raqibga imkoniyat qoldirmadi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика