So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  25 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Uilsher "butsalarini mixga ildi" Yangiliklar

Uilsher "butsalarini mixga ildi"

Teglar :  Jek UilsherArsenal
"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Jek Uilsher professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Bu haqda 30 yoshli angliyalik yarim himoyachi Tvitter sahifasida malum qildi.

"Bugun professional futboldagi faoliyatini yakunlaganimni elon qilaman.

Futbolchilik davri unutilmas taassurotlarga boy bo'ldi va kareramda shunday lahzalarni boshdan kechirganimdan xursandman. Bog'da to'p tepayotgan bolalikdan tortib, sevimli "Arsenal" sardori bo'lish va jahon chempionatida o'z mamlakati sharafini qilishdek voqealar shohidi bo'ldim. Orzularimni amalga oshirdim deya olaman.

Rostini aytsam, so'nggi paytlarda o'zimga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra o'yinim pasayib borayotganini qabul qilish qiyin edi, biroq o'zimni ko'proq mehnat qilmayotgandek his qilardim. Bunday vaziyatga tushishimni kutmagandim.

Biroq erishgan yutuqlarimga faxr bilan qarayman. Bunday martabaga ega bo'lganim uchun o'zimni juda omadli hisoblayman", — deb yozadi Uilsher.

Uilsher "Arsenal" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. London klubida yarim himoyachi 2008/09 yilgi mavsum 16 yoshida debyut qilgan va "kanonirlar" safida jami 197 ta o'yin o'tkazgan.

Futbolchi "Bolton", "Bornmut" va "Vest Xem" klublarida ham to'p tepgan. Uilsher Angliya terma jamoasi safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика