UFC chempioni: “Ronalduning o'yinlarini yoshligimda kuzatardim. U menga Saudiya Arabistonini yorqin kelajak kutayotganini aytdi”
29 jan 2023 09:00
Yangiliklar
UFC chempioni: “Ronalduning o'yinlarini yoshligimda kuzatardim. U menga Saudiya Arabistonini yorqin kelajak kutayotganini aytdi”
UFC og'ir vazn divizioni chempioni Frensis Ngannu “Al Nassr” hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan Saudiya Arabistonidagi uchrashuvi haqida gapirdi.
“Ajoyib suhbat qurdik. Krishtianu menga Saudiya Arabistonini yorqin kelajak kutayotganini aytdi. Ko'pchilik buni tushunmaydi, ammo Saudiya Arabistoni juda tez rivojlanmoqda. Va bu erga kelganimdan aynan shuni his qildim. Bu S.Arabistoniga ilk tashrifim va o'zimni qanday tutishni bilmasdim. Biroq, keyin barchasi qoyilmaqom ekanligini tushundim. U erda ham xuddi shunday oddiy hayot.
Yoshligimda Krishtianuning o'yinlarini kuzatardim. Endi esa shaxsan ko'rishdik va u sportning katta muxlisi ekanligini bildim. U sport haqida ko'p narsani biladi, sportni sevadi. U mening janglarimni kuzatgan. U men haqimda kutganimdan ham ko'proq narsani bilar ekan. Bu xurmatga sazovor. SHunchaki, ajoyib”, degan Ngannu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar