UEFA yoshlar ligasi yarim finaliga qura tashlandi
15 apr 2016 14:00
Yangiliklar


UEFA yoshlar ligasi yarim finaliga qura tashlandi
Kecha UEFA yoshlar ligasi yarim finaliga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
"Real" chorak final bosqichida "Benfika"ni mag'lub etdi, "Anderlext" esa "Barselona" yoshlariga imkon qoldirmadi. PSJ turnirning 1/4 finalida "Roma"ni, "CHelsi" esa "Ayaks"ni taslim etdi.
Quradan so'ng juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi:
"Real" - PSJ
"CHelsi" - "Anderlext"
Bugun ushbu bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi. Final bahsi esa 18 aprel kuni SHveycariyaning Non shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar