So’nggi yangiliklar

02:58АПЛ. Магуайр майдондан четлатилган ўйинда МЮ "Борнмут" билан жанговар дуранг қайд этди  9 02:29Левандовски масаласи ёпилди  0 02:01Мбаппе "Атлетико"га қарши ўйнашга тайёр  0 01:33"Милан" футболчиларисиз: Италия терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмаси учун кураш йўлида таркибга кимларни жалб этди?  0 01:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Пахтакор" 2:4  0 00:49"Манчестер Юнайтед" икки футболчиси билан шартномани узайтиради  0 00:20MLS мусобақа форматини тубдан ўзгартирмоқда  0 23:46МЮ "Ньюкасл" етакчиси билан битим тузишга яқин  0 23:25"Боруссия Д" Санчони қайтармоқчи  1 22:50Иван Бошкович: "Тўртта учрашувда бир очко тўплаш балки инқироз бўлса керак"  4 22:35Суперлига. "Насаф" – "Сурхон" 0:1   4 22:27Лига 1 жамоаси футболчиси бир вақтнинг ўзида икки терма жамоага чақирилди  0 22:01Камолиддин Тожиев: "Биз учун асосий таркиб ва захира ўйинчиси деган тушунча йўқ"  4 21:36Англия терма жамоаси таркиби эълон қилинди: Тухель АПЛда ўйнамаган 35 ёшли дарвозабонни чақирди  1 20:55"Челси" етакчисини жамоада сақлаб қолиш учун унга катта маош таклиф қилмоқда  8

UEFA CHempionlar ligasi 2014-2015. Kim qancha daromad oldi Yangiliklar

UEFA CHempionlar ligasi 2014-2015. Kim qancha daromad oldi

UEFA rasmiy sayti 2014-2015 mavsumda CHempionlar ligasida ishtirok etgan 32 jamoaga bo'lingan daromadni malum qildi.

Pley-offni hisobga olmasak umumiy mablag' deyarli 988 mln. evroni tashkil qildi.

32 jamoadan har biri guruh bosqichiga chiqqani uchun 8,6 mln. evrodan bonus olishdi. Har bir g'alaba uchun klubga 1 mln. evro, durang uchun esa 500 ming evro berilgan. Pley-off bosqichi ishtirokchilari har bir o'tish bosqichi uchun alohida bonus olishgan. Klublarga mablag' milliy associaciyalarning televizion bozoridagi ulushini hisobga olib va boshqa faktorlar bo'yicha bo'lib berildi.

Guruh o'yinlaridan so'ng, pley-off bosqichida 1/8 finalga chiqqan har bir ishtirokchi 3,5 mln. evrodan ishlab oldi. 1/4 finalga chiqish uchun klublarga 3,9 mln. evrodan, yarim finalchilarga esa 4,9 mln. evrodan pul ajratildi. "Barselona" Berlinda o'tgan finaldagi g'alabasi uchun 10,5 mln. evro oldi, "Yuventus" hisobiga esa 6,5 mln. evro o'tkazib berildi.


Guruh bosqichidan oldingi pley-offning 20 ishtirokchisiga 42 mln. evro bo'lib berildi. SHunday qilib, umumiy to'lov mablag'i 1,03 mlrd. evroni tashkil qildi. Bundan tashqari, UEFA bilan hamkorlik uchun Evropa klublari Associaciyasiga 3,5 mln. ajratildi. Demak, umumiy to'lovlar 1,033 mlrd. evroga etdi. Uch saralash bosqichidan o'ta olmagan klublarga belgilangan miqdorda pul berildi. CHempionlar ligasining pley-off bosqichiga etib bormagan o'z mamlakatlarining chempionlariga qo'shimcha bonus mablag' taqdim etildi.

Bundan tashqari, CHL-2014/15da ishtirok etmagan elit Evropa divizionlari klublariga daromadni bo'lish doirasida 85 mln. evro ajratildi. Bu pullar klublarga yoshlarga etibor berish niyatida berildi. Ushbu mablag'ni bo'lish bilan professional ligalar va mamlakat futbol federaciyalari shug'ullanadi.

Bu to'lovlarni ikki guruh - CHempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan (18 federaciya 71,1 mln. evro oladi) va qolganlar (36 federaciya 11 mln. evro oladi) bo'lib beradi.

Nihoyat, 2,9 mln. evro turnirning pley-off bosqichida ishtirok etgan klublarning 19 federaciyasiga bo'lib beriladi.


Kataloniya klubi jami 61 million evro mukofot puliga ega bo'ldi. Yuventus 89 million, PSJ esa 56 million, Real va Monako  52 millionga ega bo'ldi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика