So’nggi yangiliklar

09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  4 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  13 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  4 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  48 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3

Uchqun Qobilov: "Barcha jamoalar "Dinamo"ga qarshi bor kuchi bilan o'ynayapti" Yangiliklar

Uchqun Qobilov: "Barcha jamoalar "Dinamo"ga qarshi bor kuchi bilan o'ynayapti"

Dinamo - Paxtakor-2 (2:1) o'yinidan keyin Dinamo jamoasi katta murabbiyi Uchqun Qobilov uchrashuv haqida to'xtaldi.

- Uchqun aka, birinchilikning autsayder klubi jiddiy qarshilik ko'rsatishini kutganmidingiz?

- CHindan ham raqib jamoa ancha yosh bo'lishiga qaramay, bizga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsatdi. O'yinda to'liq ustunlik qilgan bo'lsakda, buni hisobda aks ettira olmayapmiz. Bugun ham birinchi bo'limning o'zidayoq vaziyatlarni golga aylantirganimizda hisob 5:0 ko'rinishida bo'lishi kerak edi. Afsuski, samaradorlik bobida oqsayapmiz va endi yanada ko'proq ishlashimiz kerak. Eng asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- Dinamo so'nggi besh o'yinda 5 ta g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsada, har bir bahsda katta qiyinchilik bilan g'olib bo'lmoqda. Yani bir gol farqi bilan. Bu nima bilan bog'liq?

- Birinchi Liganing o'tgan 7 tur yakunlariga ko'ra, shuni angladimki, har bir raqib aynan Samarqandga kelib Dinamoga qarshi bor kuch va imkoniyatini ishga solib to'p surmoqda. Har bir jamoa juda jiddiy tayyorgarlik bilan kelmoqda. Qolaversa, safarda o'tkazilgan o'yinlarimizda ham raqiblarimiz Dinamoga qarshi xuddi so'nggi o'yinga tushgandek bor kuchlarini maydonga tashlashmoqda. SHu bois bo'lsa kerak, qiyinchilik bilan bo'lsada g'alabaga erishayapmiz.

- Bugun safga yarimhimoyachi Azamat Bobojonov qo'shilgan bo'lsa, endi hujumchi Alisher Xoliqovning o'rni bilindi…

- Bobojonov jarohatdan forig' bo'lib safga qaytdi. Uning yordami jamoamizga muhim. Tajribali hujumchi Alisher Xoliqov esa Nukusda suniy qoplamada oyog'idan jarohat olib safdan chiqdi. Uning tiklanishi uchun ikki haftaga yaqin vaqt ketadi.

- Bugun yarimhimoyachi Jasur Azimov ham jarohat oldi. Qolaversa, Saidjamol Davlatjonov va Doston Ibragimov ham tarkibda yo'q. Ular NBU-Osiyoga qarshi yakshanba kungi uchrashuvda maydonga tushadimi?


- Jasur Azimov jarohati jiddiy emas. Uning oyoqlari tomiri tortishib qolgani uchun o'yinni davom ettira olmadi. Keyingi o'yinga safga qaytishi kerak. Saidjamol va Doston esa O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga taklif etilgan. SHu bois bizga yordam bera olishmayapti. Ko'rib turganigizdek, jarohatlar va bir qator sabablar bois jamoamiz optimal tarkibda to'p sura olmayapti. Umid qilamanki, ikki haftalardan keyin barcha futbolchilar imkoniyatidan foydalana olamiz.

Dinamo Matbuot xizmati.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика