So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Uchko'prikda chempion bilan uchrashuv Yangiliklar

Uchko'prikda chempion bilan uchrashuv

Futbol bo'yicha Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo CHempionatida, O'zbekiston U-23 terma jamoasi qo'lga kiritgan g'alabadan har bir yurtimiz fuqarosining qalbi behad quvonchlarga to'ldi.

Uchko'prik tumanidagi 33-maktab o'qituvchi va o'quvchilari uchun unutilmas kun bo'ldi. SHu maktab bitiruvchisi bo'lgan “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Oybek Rustamov ham Xitoydan oltin medal taqib keldi.

Oybek Rustamov o'zi talim olgan maktab o'qituvchi va o'quvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Oybek o'ziga talim va tarbiya bergan barcha ustozlariga minnatdorchilik bildirdi.

“Biz Xitoyda bo'lsak ham barchangizni qo'llab-quvvatlashingizni his qilib turdik. Ortimizda Vatanimiz, ota-onalarimiz va albatta bizga talim bergan ustozlarimiz ko'z tikib turganlarini , ona vatanimizga chempionlikdan boshqa natija bilan qaytib bora olmasligimizni o'ylab maydonga tushdik. Ayniqsa kelganimizdan so'ng, shaxsan hurmatli yurtboshimizning o'zlari etibor qilib bizni taqdirlaganlari bizga yanada katta masuliyat yukladi. Men siz aziz ustozlarimga, kelajakda O'zbekiston bayrog'ini jahon chempionatlarida ham yuqori ko'tarishga bor kuch g'ayratimni ishga solaman deb vada beraman ” –dedi Oybek Rustamov.

Uchrashuvda Oybekning birinchi murabbiyi Samandar Meliboev ham ishtirok etib, shunday shogirdi borligi bilan faxrlanishini takidladi. SHuningdek 33-maktabning yosh futbolsevar o'quvchilari, kelajakda Oybek Rustamovga o'xshagan chempion bo'lish uchun harakat qilishga so'z berdilar. Uchrashuv juda yuqori kayfiyatda o'tdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика