So’nggi yangiliklar

11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  5 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  16 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  7 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  9 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2

U23 Osiyo chempionati. Dastlabki turda Janubiy Koreyaga yutqazdik Yangiliklar

U23 Osiyo chempionati. Dastlabki turda Janubiy Koreyaga yutqazdik

U23 Osiyo chempionatining dastlabki turida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushib mag'lub bo'ldi.

O'yinning 17-daqiqasida bosh hakam katta sahnaga chiqdi. U Otabek SHukurov to'pni qo'li bilan o'ynadi deb hisoblab 11 metrli jarima to'pi belgiladi. Aslida to'p Otabekning bo'yniga tegib qaytgandi. Penaltidan Mun CHang Jin unumli foydalandi va hisobni ochdi - 1:0.

23-daqiqada Igor Sergeev himoyachilar xatosidan foydalanishi mumkin edi, biroq uning zarbasini darvozabon qaytardi. Taym so'nggida Jamshid Iskanderovda ham gol urish imkoniyat bo'lgandi, kuchsiz zarbani posbon ushlab oldi. 



Ikkinchi bo'lim boshida Mun CHang Jin chap qanotdan boshlangan hujumni o'ng qanotda yakunladi, u o'tkir burchakdan darozamizni ishg'ol qildi - 2:0.

56-daqiqada 2015 yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan Dostonbek Hamdamov jarima maydoni tashqarisidan turib chap oyog'i bilan chiroyli gol urib hisobni qisqartirdi - 2:1.

72-daqiqada o'yin bosh hakami Fahad Al Mirdasi maydon markazida raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketgan Jamshid Boltaboevga darhol qizil kartochka ko'rsatdi. 10 kishi bo'lib qolgan jamoamiz qolgan daqiqalarda boshqa gol ura olishmadi va dastlabki turda alamli tarzda mag'lubiyat qabul qilib olindi.

Guruhdagi ikkinchi bahsda Iroq olimpiyachilari Yamanni 2:0 hisobida taslim qilishdi. 2-turni O'zbekiston OTJ 16 yanvar kuni Iroqqa qarshi o'tkazadi. Janubiy Koreya esa Yaman bilan kuch sinashadi.


Janubiy Koreya - O'zbekiston 2:1
13 yanvar 2016. Doxa. "Suhayim bin Hamad" stadioni
Hakamlar: Fahad Al Mirdasi, Abdulloh Mutloq Al SHalvai va Muhammad Maki Alabakri (barchasi Saudiya Arabistoni), Adham Muhammad Makxamdeh (Iordaniya)
Gollar: Mun CHang Jin 20 penalti, 48 - Dostonbek Hamdamov 56
Janubiy Koreya: 1.Kim Dong Jun, 7.Mun CHang Jin (14.Li Yong Jae, 76), 8.Li CHang Min (9.Kim Xyun, 87), 20.Xvang Xi CHan, 5.Yeon Jei Min, 4.Song Ju Xun, 2.Sim Sang Min, 18.Jin Seong Uk (22.Kvon CHang Xun, 59), 3.Li Seul CHan, 10.Ryu Seung Vu, 6.Park Yong Vu.
O'zbekiston: 12.Abdumavlon Abdujalilov, 6.Maksimilian Fomin, 4.Jamshid Boltaboev, 6.Akrom Komilov, 7.Vladimir Kozak, 8.Javohir Sohibov, 19.Otabek SHukurov, 10.Jamshid Iskanderov (3.Sardor Rahmonov, 55), 17.Doston Hamdamov (13.Husniddin G'ofurov, 80), 23.Eldor SHomurodov (9.Jaloliddin Masharipov, 67), 11.Igor Sergeev.
CHetlatish: Jamshid Boltaboev 72

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика