U-23 Osiyo Kubogida yorqin o'yin ko'rsatgan Bo'riev va Hamraliev MTJga chaqirildi
31 may 15:32
Yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogida yorqin o'yin ko'rsatgan Bo'riev va Hamraliev MTJga chaqirildi
Xabaringiz bor, Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
U-23 Osiyo Kubogida yorqin o'yin namoyish etgan yarim himoyachi Abdurauf Bo'riev ("Olimpik") hamda markaziy himoyachi Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor") yana O'zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olishdi. Srechko Katanec ularni MTJning bo'lajak yig'iniga taklif etgan.
Bundan tashqari, Qatar yashil maydonlarida OTJ safida o'ynaganlardan Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullaev va Hojimat Erkinov ham odatdagidek bosh jamoamizdan chaqiruv olishgan.
Fikrlar