So’nggi yangiliklar

00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   3 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  7 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  6 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  1 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  3 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  52 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  2 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0 19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европа, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  7 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0 18:48AS: Зидан ёзда Франция терма жамоасини бошқаради   2

U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g'alaba bilan boshlashni istaydi" Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g'alaba bilan boshlashni istaydi"

U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi oldidan "D" guruhi bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Barchani musobaqa boshlangani bilan tabriklayman. Hammaga omad tilayman. Mezbonlik uchun Qatar davlatiga rahmat aytaman. Bizda jarohat olgan futbolchilar yo'q, musobaqaga tayyormiz, tayyorgarligimiz reja bo'yicha ketmoqda", - deb gap boshladi Timur Kapadze.




- O'zbekiston avvalgi musobaqalarda juda ajoyib natijalarga erishgan. CHempion bo'lgan, vice-chempion bo'lgan. Bu yilgi musobaqada futbolchilarning imkoniyatiga qanday baho berasiz?
- Albatta turnirda o'z oldimizga katta maqsad qo'yganmiz. Uzoq vaqtdan buyon ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Yuqori maqsad sari harakat qilamiz, yigitlarning iqtidori ham, mahorati ham etarli darajada deb o'ylayman.




- Ertangi raqib – Malayziya haqida nima deya olasiz?

- Ertaga musobaqadagi ilk uchrashuvimizni o'tkazamiz. Guruhdagi har bir raqibni hurmat qilamiz. Har bir jamoa o'ziga yarasha kuchli. Biz o'z maqsadimizni bajarishga harakat qilamiz, bu erda oson o'yin bo'lmaydi. SHu bois barchasi maydonda hal bo'ladi.




- Musobaqaning ilk o'yinida 3 ochko juda muhim hisoblanadi. Ertangi bahsdan oldin yigitlarda motivaciya etarlimi?

- Albatta, faqat biz uchun emas barcha jamoalar uchun startni g'alaba bilan boshlash muhim. Alohida motivaciyaning keragi yo'q. Bu biz uchun birinchi musobaqa emas, tajribamiz bor. Har bir bahs muhim, ayniqsa birinchisi.



Malumot uchun, O'zbekiston - Malayziya uchrashuvi ertaga, 17 aprel kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. 



Uzbekistan U23

AFC U23 Asian Cup Grp. D . 1-tur

17/04/2024, 19:00

0
:
2
Tugadi

Malaysia U23

45'
90'

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика