So’nggi yangiliklar

12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6

Guruhdan chiqdik, amallab, lekin keskin o'zgarishga muhtojmiz! Yangiliklar

Guruhdan chiqdik, amallab, lekin keskin o'zgarishga muhtojmiz!

U-23 Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi yakunlandi.

U-23 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 3-tur
O'zbekiston - Janubiy Koreya 1:2

Gollar: Bobir Abduholiqov (22) - Jong Sung Von (5), Oh Se Xun (71)
15 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Tammasat" stadioni.
Bosh hakam:
Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Xiroshi Yamauchi va Jun Mixara (ikkisi Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
VAR hakami: Iida Jumpey (Yaponiya)
VAR yordamchi hakamlari: Ryuji Sato (Yaponiya) va Ahmad Abu Bakar Al Kaf (Ummon)


O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.
Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.SHarof Muxitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov.

Janubiy Koreya: 1.Song Bum Kun, 3.Kang Yun Sung, 5.Jong Te Vuk, 6.Kim Dong Xyun, 7.Vu Yong Jong, 12.Kim Je Vu, 16.Jong Sung Von, 17.Um Vun Sang, 18.Oh Se Xun, 20.Von Du Je, 22.Yun Jong Gyu.
Zaxira: 2.Li YU Xyon, 4.Li Sang Min, 8.Kim Jing YU, 9.CHo Gue Sung, 10.Li Dong Kyong, 11.Li Dong Jun, 13.Kim Jin YA, 14.Kim De Von, 15.Kim Te Xyon, 19.Maeng Song Vung, 21.An CHan Gi, 23.An Jun Su.


O'YIN YAKUNLANDI.

90+3. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar davom etmoqda. Kimura o'yinning ikkinchi bo'limiga 5 daqiqa qo'shib bergan.

89. O'zbekistonda so'nggi o'zgarish: Mirjahon Mirahmadov Bobur Abduholiqovni almashtirdi.

Afsus! Eronliklar o'yinning 87-daqiqasida Xitoy darvozasini ishg'ol qilishdi. O'zbekiston hozircha 2-o'rinni saqlab turibdi.

85. Oybek Rustamov! Raqiblarning xatosidan so'ng "Qo'qon-1912" o'yinchisi qulay vaziyatga chiqdi, ammo uning bergan zarbasi noaniq!

84. Koreyaliklar uchinchi golni urishga yaqin edilar. Ammo, Husniddin Aliqulovning harakati jonimizga oro kirdi.

- Xitoy - Eron o'yinida 83-daqiqa davom etmoqda. 0:0. Ushbu hisob bizni qanoatlantiradi.

80. Janubiy Koreyaning navbatdagi o'ta xavfli hujumi. Vu Yong Jong ikki bor darvozamizni ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, ammo himoyachilarimiz bir amallab vaziyatni bartaraf etishdi.

78. Vakillarimiz safida navbatdagi o'zgarish: Oybek Rustamov Abdulla Abdullaevni almashtirdi.

76. Koreyslar hisobda oldinga chiqib olishgandan so'ng ham tinchishmayapti. Biznikilar esa karaht ahvolda.

71. GOOOOOOOL! Oh Se Xun hisobni 1:2 ko'rinishiga olib keldi. Uning jarima maydonchasi yaqinidan noqulay vaziyatda bergan zarbasini Abduvohid Nematov bartaraf eta olmadi. 1:2 (!)

70. Drulovich ilk o'zgarishni amalga oshirdi: Nurillo To'xtasinov Oybek Bozorovni almashtirdi.

O'zbekiston U-23 - Janubiy Koreya U-23 o'yinidan suratlarni tomosha qiling

66. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik koreyaliklar tarafida: 56%-44%

60. Raqiblarimiz safida o'zgarish: CHon Sin Vonning o'rniga Li Don Kyong o'yinni davom ettiradi.

59. Janubiy Koreya tezkor javob qaytardi, Um Vun Sangning jarima maydonchasi yaqinidan bergan zarbasi aniq chiqmadi.

58. Uxx! Alijonov jarima maydonchasi yaqinidan bir futbolchini aldab o'tdi va darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon noqulay kelgan to'pni qo'li bilan ushlab ololmadi, ammo jarima maydonchasi ichidagi to'p uchun kurashda koreyaliklar yaxshiroq o'ynashdi.

51. Xavfli! Jasurbek Yaxshiboevning uzoq masofadan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Ha, hisobda oldinga chiqib olishimiz mumkin edi.

49. Vakillarimiz ikkinchi bo'limda raqibdan yaxshiroq harakat qilishmoqda. Ammo, o'yin tempi yuqori emas.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak chalindi.

- Darhaqiqat! Biz uchun muhim bo'lgan Xitoy va Eron olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda 0:0 hisobi qayd etilmoqda. Takidlash kerakki, ikkala o'yindagi natija ham bizni to'la qanoatlantiradi.

TANAFFUS

44. Koreyaliklar birinchi bo'limda darvozamiz tomon 9ta zarba berishdi va ularning ikkitasi aniq chiqdi, vakillarimizning esa 3ta zarbasidan bittasi aniq bo'ldi va bu gol uchun kifoya qildi.

39. Raqiblarimiz ham biroz "jonlanishdi". Ammo, himoyachilarimiz ishonchli harakat qilishmoqda va koreyaliklarning hujumlari muvaffaqiyatsiz tugamoqda.

34. Ha, uchrashuvning dastlabki daqiqalaridagi sarosimadan asar ham qolmadi. Futbolchilarimiz hozirga kelib nisbatan erkinroq o'ynashmoqda va to'p bilan muomala qilishmoqda.

31. To'pga egalik qilish bo'yicha deyarli tenglik: 51%-49%

- O'yindagi gollarni "Telegram"dagi kanalimizda ko'rishingiz mumkin. VIDEONI KO'RISH

26. Hozirgi daqiqalarga kelib ustunlikni vakillarimiz qo'lga oldi. Jamoamiz to'pga egalik qilmoqda va xavfli hujumlar tashkil etmoqda.

22. GOOOOOOOOOOL!!!! Bobir Abdixoliqov to'pni jarima maydonchasi ichida boshi bilan darvozaga yo'lladi. Uning zarbasini esa Song Bum Kun bartaraf eta olmadi. Darhaqiqat, unga jamoamiz yarim himoyachisi Aziz G'aniev qulay pas bergan edi. 1:1

17. Navbatdagi xavfli hujum. Futbolchilarimiz Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi sardori Von Du Jeni jarima maydonchasi ichida erkin qo'yishdi. Uning Nematov darvozasi tomon bergan zarbasi esa darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.

14. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ham xavfli vaziyat uyushtirdi. Oybek Bozorovning jarima maydonchasi yaqinidan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

13. Ha, yana Janubiy Koreya xavfli vaziyat uyushtirdi. Jong Sung Von va Um Vun Sanglarning zarbasiga esa biroz aniqlik etishmadi. Aks holda hisob 0:2 ko'rinishiga kelishi mumkin edi.

10. Raqiblarimiz gol urganidan so'ng ham tinchishmayapti. Ular darvozamiz tomon ketma-ket xavfli vaziyatlarni uyushtirmoqda.

9. Janubiy Koreya to'pga egalik qilmoqda, hozircha ustunlik raqiblarimiz tomonida.

6. Hakam VARga murojaat qildi, ammo qaror o'zgarmadi. 0:1

5. Janubiy Koreya hisobni ochdi! Jong Sung Vonning uzoq masofadan bergan zarbasi Oh Se Xunga tekkan holda darvozamizdan joy oldi.

4. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishga urinib ko'rishdi, ammo himoyachilar tartibli harakat qilishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

"Tammasat" stadioni O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yiniga tayyor

Davron Fayziev O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinidan oldin jiddiy fikr bildirdi

- U-23 Osiyo chempionati "C" guruhi 3-tur doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan O'zbekiston va Janubiy Koreya olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: -90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика