So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

U-23 OCH saralashi. Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "O'zbekistonning istalgan jamoasi kuchli" Yangiliklar

U-23 OCH saralashi. Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "O'zbekistonning istalgan jamoasi kuchli"

U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Toshkentdagi o'yinlardan oldin matbuot anjumanlari bo'lib o'tdi.

Anjumanda bosh murabbiy Saad Al SHehri qatnashdi. 

Dastlab barchaga xayrli kun! Kech qolganim uchun barchangizdan uzr so'rayman. Guruhdagi har bir jamoaga omad tilayman. Saralashda o'zimizning eng kuchli o'yinlarimizni namoyish etishga urinamiz", - deb gap boshladi bosh murabbiy. 

- Saralash o'yinlari Kuvaytdan O'zbekistonga ko'chirilgani rejalarga qanchalik tasir qildi? 

- O'zbekiston terma jamoalari doim kuchli bo'lgan. Bu jamoaga qarshi o'yinlar hech qachon oson o'tmagan. Buni bilgan holda tayyorgarlik olib bordik. Tayyorgarlik jarayonida O'zbekiston termasiga natija kerakmasligi bilgan holda bois qolgan ikkita o'yinda umuman yutqazmaslikka urinamiz. 

Qisqa muddatda safar rejalarini o'zgartirishga majbur bo'ldik. 



- Bugun erta tongda Toshkentga uchib keldingiz. Ertaga ilk o'yin bor, vaqt kam emasmi? 

- Bu erga kech kelishimizning sababi Saudiya Arabistoni chempionati davom etayotgani bo'ldi. FIFA kunlari bo'lmagani uchun ularni o'z klublaridan chaqirib ololmadik. 


- Siz Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasini Tokiodagi Olimpiadaga olib chiqqansiz. Olimpiadada ishtirok etdingiz, hozir esa yangi jamoa bilan U-23 Osiyo chempionati saralashida qatnashayapsiz. Motivaciyangiz nima? 

- To'g'ri aytdingiz, Tailanddagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib 1986 yildan keyin ilk bor Olimpiadaga chiqdik. Federaciyamiz rahbariyati bizning shtabimizga ishonch bildirdi va 2024 yilgi Parijdagi Olimpiadaga yo'llanma olishni vazifa qilib qo'ydi. 



- O'zbekiston bu saralashda U-21 terma jamoasi bilan ishtirok etadi. O'tgan safar Yaponiya ham shunday qilgandi. Boshqa jamoalarning U-23 chempionatida yosh tarkib bilan o'ynashlariga qanday qaraysiz? 

- Bu jarayonda meyorni ushlash muhim hisoblanadi. Biz eng o'rtasini topishga urinamiz. Sababi Saudiya Arabistonida juda ham yaxshi yosh avlod etishib kelmoqda. Ham 23, ham 21 yoshli futbolchilardan miks tayyorlaymiz. 


- Toshkentga kelgan tarkibda yulduz futbolchilar bormi? 

- Tarkibimizda 4-5 nafar futbolchi bemalol milliy terma jamoada o'ynay oladi. 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика