U-20 JCH. O'zbekistonlik futbolchilar o'rnak bo'ladigan xatti-harakatlari bilan ijtimoiy tarmoqda mashhur bo'ldi
23 may 2023 05:17
Yangiliklar
U-20 JCH. O'zbekistonlik futbolchilar o'rnak bo'ladigan xatti-harakatlari bilan ijtimoiy tarmoqda mashhur bo'ldi
Ravshan Haydarov shogirdlari ilk mashg'ulotlarini “Unico Madre de Ciudades” stadionida o'tkazishdi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mashg'ulot jarayoni aks etgan videorolik mahalliy ijtimoiy tarmoqda mashhurlikka erishdi.
Gap shundaki, jamoa futbolchilari ilk mashg'ulotlarini o'tkazgan “Unico Madre de Ciudades” maydoniga kiraverishda mahalliy klub ramziga hurmat saqlagan holda uni aylanib o'tishgan.

Lavhani tomosha qilgan internet foydalanuvchilari tomonidan iliq fikrlar bildirilgan. Mahalliy fan-klub Facebook sahifasiga ushbu videoni joylagan.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov shogirdlari "A" guruhining 2-turidan Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 23 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar