So’nggi yangiliklar

14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  4 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0

U-20 JCH. Argentina - O'zbekiston uchrashuvi chiptalari sotib bo'lindi, hamyurtlarimizni mashhur klub skauti kuzatib boradi Yangiliklar

U-20 JCH. Argentina - O'zbekiston uchrashuvi chiptalari sotib bo'lindi, hamyurtlarimizni mashhur klub skauti kuzatib boradi

Ertaga O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 jahon chempionati doirasida Argentinaga qarshi maydonga tushadi.

"A" guruhidan o'rin olgan ochilish uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21 mayga o'tar kechasi soat 02:00 da boshlanadi. Mazkur o'yin "Estadio Único Madre de Ciudades"da bo'lib o'tadi. 

30 mingdan 42 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan mazkur stadionga chiqarilgan barcha chiptalar sotilgani aytilmoqda. Ushbu o'yingohda, shuningdek, Yangi Zelandiya — Gvatemala uchrashuvi ham bo'lib o'tadi.

Championat.asia malumotlariga ko'ra, dunyoga mashhur klublardan biri skauti bo'lajak uchrashuvda aynan O'zbekiston terma jamoa futbolchilarini kuzatib boradi.

Ushbu skaut bilan Argentinada suhbat davomida saytimiz xodimi terma jamoamizdan Saudiya Arabistoni amalga oshirgan ishni kutayotganini aytgan, skaut esa O'zbekistondan Saudiya Arabistoni emas, balki Marokashning natijasini kutayotganini takidlab o'tgan.

Eslatib o'tamiz, 2022 yil Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati guruh bosqichida Saudiya Arabistoni Argentinani mag'lub etgandi, Marokash esa yarim finalga  qadar etib borgan.

Bo'lajak uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21 may kuni soat 02:00 da boshlanadi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика