So’nggi yangiliklar

12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  2 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  3 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  10 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13

U-20 Jahon chempionati. O'zbekiston ishtirok etmayotgan Chilidagi kichik mundial qanday o'tmoqda? Yangiliklar

U-20 Jahon chempionati. O'zbekiston ishtirok etmayotgan Chilidagi kichik mundial qanday o'tmoqda?

O'zbekiston terma jamoalari qatnashmaydigan bunday katta turnirlar gohida etibordan chetda qoladi va bu tabiiy hol, chunki asosiy qiziqish baribir vakillarimizga qaratilardi.

Chili mezbonligida o'tayotgan U-20 Jahon chempionati shu yilning 27 sentyabr sanasida start oldi. Osiyodan bu kichik mundialda Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya ishtirok etmoqda. O'zbekiston esa mundialga yo'llanma beradigan U-20 Osiyo Kubogi chorak finalida Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasida engilgan, yakunda chiptasiz qolgandi. Ayni paytga kelib musobaqada guruh bosqichi o'yinlari ortda qoldi va navbat pley-off bahslariga. Yaponiya "A" guruhida barcha raqiblarini taslim qildi va 9 ochko bilan keyingi bosqichga chiqdi. Ular 3 ta o'yinda ham o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qoldi. "Samuraylar"ning natijalari bilan tanishamiz.

Yaponiya - Misr 2:0

Chili - Yaponiya 0:2

Yangi Zelandiya - Yaponiya 0:3

Janubiy Koreya "B" guruhida 4 ochko bilan uchinchi o'rinni egalladi va eng yaxshi uchinchi o'rinlar orasida uchinchi bo'lib nimchorak finalga chiqdi. Qitadoshlarimiz quyidagi natijalarni qayd etdi. 

Qiziq fakt shuki, bu musobaqada o'z vaqtida "Bunyodkor" safida O'zbekiston chempionati to'purari bo'lgan Oleksandr Pishchurning o'g'li Oleksandr Pishchur Janubiy Koreyaga gol urdi.

Janubiy Koreya - Ukraina 1:2

Janubiy Koreya - Paragvay 0:0

Panama - Janubiy Koreya 1:2

Avstraliya esa guruh bosqichini tugatib uyiga qaytdi. "Kengurular" 3 ochko bilan guruhda uchinchi bo'ldi lekin bu pley-off uchun etarli emasdi. 

Italiya - Avstraliya 1:0

Argentina - Avstraliya 4:1

Avstraliya - Kuba 3:1

Osiyo jamoalari orasidagi eng muvaffaqiyatsiz natija Saudiya Arabistonida yuz berdi. Jamoa turnirni g'alabasiz 1 ochko bilan yakunladi. "F" guruhida Kolumbiya, Norvegiya, Nigeriya bilan bir guruhdan joy olgan saudiyaliklar kvartetda to'rtinchi o'rinni egalladi.

Kolumbiya - Saudiya Arabistoni 1:0

Nigeriya - Saudiya Arabistoni 3:2

Saudiya Arabistoni - Norvegiya 1:1


U-20 Jahon chempionatining 1/8 final bosqichining juftliklari bilan tanishing. Uchrashuvlar 7-8-9 oktyabr kunlari bo'lib o'tishi belgilangan. 

Chili - Meksika

Argentina - Nigeriya

Ukraina - Ispaniya

Kolumbiya - Janubiy Afrika

AQSH - Italiya

Marokash - Janubiy Koreya

Paragvay - Norvegiya

Yaponiya - Franciya

Chorak final 11-12, yarim final 15, uchinchi o'rin uchun bahs 18, final 19 oktyabr sanasida o'tishi ko'zda tutilgan. Malumot uchun, U-20 Jahon chempionatining amaldagi g'olibi Urugvay hisoblanadi. Keyingi Jahon chempionatiga esa Ozarbayjon va O'zbekiston mezbonlik qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
07 okt 13:29:33
تعمورخن ومار خجا
Pishur zoʻr xujumchi edi emaglab boʻsayam gol uribketardi)))
   
07 okt 13:27:51
تعمورخن ومار خجا
Bizi yutib chiqqan koreyya chichviryapdi bitta koʻp boʻb oʻynabham yutolmadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика