So’nggi yangiliklar

15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  0 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  0 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  1 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:18Валерий Седунов вафот этди  0 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  0 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  8 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  17 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  6 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  16 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  26 10:59Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин  5 10:32“Арсенал“ ёзда учта йирик трансферни амалга оширмоқчи  3 10:06Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0

U-20 jahon chempionati: ishtirokchilar, stadionlar, chiptalar Yangiliklar

U-20 jahon chempionati: ishtirokchilar, stadionlar, chiptalar

Kichik mundial 20 maydan 12 iyunga qadar o'tkaziladi.

Argentina yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan 2023 yilgi U-20 jahon chempionati 1977 yildan beri 23-marotaba tashkil etilmoqda va har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi.

So'nggi mundial aslida 2021 yil Indoneziyada o'tkazilishi lozim edi, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli turnir bekor qilindi va janubiy-sharqiy Osiyo mamlakati 2023 yil musobaqaga mezbonlik qiladigan bo'ldi. Biroq joriy yilning 29 martida indoneziyaliklarning turnirda Isroil ishtirokiga qarshi namoyishlaridan so'ng mamlakat mundial mezbonligidan mahrum etildi. 2023 yilning 17 aprelida FIFA Argentinani Indoneziya o'rniga turnirning yangi mezboni sifatida rasman elon qildi.

Final bosqichida olti qitadan tashrif buyuradigan 24 mamlakat ishtirok etadi. Dominikan Respublikasi va Isroil musobaqada debyut qiladi. 

Argentina 2023 yilgi Janubiy Amerika U-20 chempionati doirasida mundial saralashidan o'ta olmagan bo'lsa ham, Indoneziya o'rniga mezbon mamlakat sifatida turnirga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi mundialda eng ko'p g'oliblikni Argentina terma jamoasi qo'lga kiritgan (6 marotaba). Amaldagi chempion esa Ukraina yoshlari sanaladi, biroq evropaliklar joriy mundialda titulni himoya qila olmaydi.

“Glorious” deb nomlangan turnirning rasmiy taronasi indoneziyalik "Weird Genius" triosi tomonidan yozilgan hamda Liodra, Tiara Andini va Ziva Magnolya bilan birgalikda ijro etilgan.


Guruhlar

A guruhi

Argentina

Uzbekistan

Gvatemala

Yangi Zelandiya


B guruhi

AQSH

Ekvador

Fiji

Slovakiya


C guruhi

Senegal

Yaponiya

Isroil

Kolumbiya


D guruhi

Italiya

Braziliya

Nigeriya

Dominikana


E guruhi

Urugvay

Iroq

Angliya

Tunis


F guruhi

Franciya

Janubiy Koreya

Gambiya

Gonduras


Turnirga Argentinaning to'rtta shahridan to'rtta stadion mezbonlik qiladi, bular: 

- La-Plata shahri, "Estadio Único Diego Armando Maradona" (53 000 tomoshabinga mo'ljallangan);

- Santyago-del-Estero shahri, "Estadio Único Madre de Ciudades" (30 000 tomoshabinga mo'ljallangan); O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarni mazkur maydonda o'tkazadi;

- Mendosa shahri, "Estadio Malvinas Argentinas" (42 000 tomoshabinga mo'ljallangan);

- San-Xuan shahri, "Estadio San Juan del Bicentenario" (25 286 tomoshabinga mo'ljallangan).

Har bir guruhning eng yaxshi ikki hamda olti guruhdan uchinchi o'rinni egallagan to'rtta eng yaxshi jamoa 1/8 final bosqichiga yo'l oladi. Argentina va O'zbekiston vaqtlari oralig'i 8 soatni tashkil etadi, shu bois ko'pgina o'yinlar mamlakatimizda tun chog'iga to'g'ri keladi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasining taqvimi

Guruh bosqichida jamoalar reytingi quyidagicha aniqlanadi:

1. Guruh o'yinlarida to'plangan ochkolar;

2. Guruh o'yinlaridagi to'plar nisbati;

3. Guruh o'yinlarida urilgan gollar soni.

Agar yuqoridagi uchta mezon bo'yicha ikki yoki undan ortiq jamoalar teng bo'lib qolsa, ularning reytingi quyidagicha aniqlanadi:

4. Ushbu jamoalar o'rtasida guruh bahslarida to'plangan ochkolar;

5. Ushbu jamoalar o'rtasida guruh bahslaridagi to'plar nisbati;

6. Ushbu jamoalar o'rtasida guruh bahslaridagi urilgan gollar soni.

CHiptalar 

CHiptalarni FIFA rasmiy sayti orqali yoki stadion kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.

Translyaciya

Musobaqani namoyish etadigan telekanallar ro'yxati hali rasman elon qilinmadi, biroq O'zbekiston yoshlar terma jamoasining ishtirokini inobatga olgan holda mamlakatimiz hududida "Sport" telekanali translyaciya huquqini sotib olishi mumkin.

U-20 Jahon chempionatining to'liq taqvimi

U-20 jahon chempionati statistikasi: Maradona, Messi va Holandlar nima karomat ko'rsatgan?

Yoshlar termasidagi shonli yo'lini davom ettira olgan o'zbekistonliklar 

U-20 jahon chempionati. Maskerano tanlagan 21 nafar futbolchi 

U-20 Jahon chempionatining barcha "Oltin to'p" sohiblari: Maradona, Prosinechki, Saviola, Ismoil Matar, Messi, Aguero, Pogba va boshqalar 

U-20 Jahon chempionati. O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarning boshlanish vaqti malum 

MundialGACHA. 2003 yilgi Jahon chempionati yoxud Maskerano va Inestaga qarshi o'zimizning Geynrix, Inomov, Suyunovlar 

O'tmishga nazar. 20 yil muqaddam bir kishi kam O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi JCHda Argentinaga yutqazgan 

U-20 jahon chempionati. O'zbekiston yoshlarining raqiblari bilan tanishamiz, jumladan, Argentina bilan o'tgan yili to'qnash kelganmiz 

MundialGACHA. Smolling, Ayyu, Tripperga qarshi o'zimizning Karimov, Nagaev, Quvvatovlar yoxud Misr-2009 Jahon chempionati 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика