So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

U-19 OCH: O'zbekiston BAA bilan o'yindan oldingi mashg'ulotlarini o'tkazdi Yangiliklar

U-19 OCH: O'zbekiston BAA bilan o'yindan oldingi mashg'ulotlarini o'tkazdi

Myanmada davom etayotgan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati 2-turidan oldin O'zbekiston terma jamoasi bugun Yangonda navbatdagi mashg'ulotlarini o'tkazdi.
Kechagi mashg'ulotlarda Indoneziyaga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgan himoyachi Odil Hamrobekov, hamda kichik jarohati bo'lgan terma jamoa sardori Javohir Sohibovlar ishtirok etishmadi.

Bugun Ravshan Haydarov shogirdlari Toshkent vaqti bilan 17:00da (mahalliy vaqt bilan 18:30da) BAA terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Indoneziya yoshlar terma jamoasi esa, 2-turda Avstraliya bilan kuch sinashadi

Eslatib o'tamiz, ilk turda O'zbekiston yoshlari Indoneziya ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsalar, Avstraliya va BAA o'rtasidagi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Kecha, musobaqaning A va C guruhlarida 2-tur o'yinlari o'tkazildi. Jumladan A guruhida dastlabki o'yinda Tailandga mag'lub bo'lgan Eron bu safar Yaman terma jamoasiga ham mag'lub bo'ldi - 0:1 va musobaqadan muddatidan oldin chiqib ketdi. Dasltabki turda Eronni mag'lubiyatga uchratgan Tailand esa, mezbon - Myanma yoshlariga yirik 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Musobaqaning C guruhida ham kecha ikki uchrashuv bo'lib o'tdi. Dastlabki turda Yaponiyani mag'lub etgan Xitoy yoshlari Janubiy Koreya bilan o'yinda 0:0 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, Yaponiya Vetnamni mag'lubiyatga uchratdi - 3:1.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика