So’nggi yangiliklar

11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  1 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  1 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  8 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  1 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  4 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  2 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  3 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  19 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  7 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   6 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   13 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  63

U-18 birinchiligida buzilayotgan sport principi bo'yicha PFLga murojaat Yangiliklar

U-18 birinchiligida buzilayotgan sport principi bo'yicha PFLga murojaat

Ertaga U-18 birinchiligi bo'yicha O'zbekiston chempionati yakuniga etadi.

Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra ertaga g'olib va sovrindorlar taqdirlanadi. Medallar uchun kurash olib borayotgan jamoalarning o'yinlari bir vaqtda boshlanadi. 

Biz boshqa masala bo'yicha so'z yuritmoqchimiz. Mavsum avvalidagi taqvimga ko'ra jamoalar ikki davrada 13tadan 26ta o'yin o'tkazishi kerak edi. Biroq pandemiya sababli PFL formatni o'zgartirdi va U-18 birinchiligi bir davrali formatda yakuniga etadigan bo'ldi. Reglamentga ko'ra 50 foiz va undan ko'p o'yinlarda ishtirok etgan jamoa musobaqani o'z ixtiyori bilan tark etsa yoki PFL tomonidan chetlashtirilsa o'sha jamoa qolgan o'yinlariga texnik mag'lubiyat, raqiblariga esa texnik g'alaba yoziladi. Aksincha jamoa 50 foizdan kam uchrashuvlarda maydonga tushgan bo'lsa jamoaning barcha o'yinlarining natijasi bekor qilinadi. Xabaringiz bor Muborakning "Mashal" jamoasi moliyaviy qiyinchiliklar sabab Farg'onada markazlashgan holatda o'tgan chempionatga bormadi. Farg'onada 8-10 - turlar o'tkazildi.  Reglamentga ko'ra ikkita o'yinga sababsiz kelmagan jamoa musobaqadan chetlashtiriladi. O'z-o'zidan "Mashal" chetlashtirildi va bu to'g'ri. PFL esa jamoaning qolgan o'yinlariga texnik mag'lubiyat yozdi.

Malum bo'lishicha PFL reglamentdagi ikki davrali musobaqa uchun qo'llaniladigan 50 foizlik qoidani bir davralik formatda o'tayotgan U18 birinchiligi uchun qo'llayotgan ekan. Yani "Mashal"ning 8-turdan keyingi o'yinlariga texnik mag'lubiyat yoziladi, raqiblariga esa texnik g'alaba. Lekin birinchi turdan ettinchi turgacha bo'lgan oraliqda qo'lga kiritgan natijalari saqlanib qolinadi. Bizning etiborimizni tortgan jihati bu erda sport principlari buzilmayaptimi? 50 foiz deganda bir jamoa o'sha musobaqaning barcha ishtirokchisi bilan kamida bir martadan o'ynab chiqishi kerak. SHuning uchun ham ikki davrali musobaqaga ushbu qoida qo'llaniladi. Bir davralik tizimda 50 foizlik qoidani qo'llash mehnat qilib ochko qo'lga kiritgan yoki durang o'ynagan jamoalarga hurmatsizlik emasmi? Qisqa qilib aytganda, PFLning mazkur qarori sababli ayrim jamoalar "Mashal"ga qarshi o'yinlarda mehnat qilib, ter to'kib ochko olyapti, ayrim klublar hech qanday mehnatsiz uch ochkolik bo'lyapti. Qizig'i, bu ochko medallar uchun kurashda o'sha jamoalarga qo'l kelyapti. Qani bu erda barchaga bir xil munosabat, hurmat va adolat? "Mashal" U-18 jamoasi bir davralik formatda har bir jamoa bilan bir marotaba o'ynagani yo'q, 7-turdan so'ng chempionatda ishtirok etmadi. PFL esa ikki davraga o'tadigan 50 foiz degan qoidani bir davrali formatga ham qo'llamoqda.  PFLdan bu borada izoh kutib qolamiz.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика