So’nggi yangiliklar

22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  3 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  122 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  5 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  32 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  13 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  9 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  20 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  7 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  1 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  13 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   257

U-17 JCH. Ispaniya va Malining turnir uchun qaydnomasi malum, Kanada Braziliyaga qarshi o'ynadi Yangiliklar

U-17 JCH. Ispaniya va Malining turnir uchun qaydnomasi malum, Kanada Braziliyaga qarshi o'ynadi

Yaqinda 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi.

Mazkur turnirda O'zbekistonda o'smirlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari "B" guruhida Ispaniya, Mali va Kanada terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kichik mundial oldidan o'zbekistonlik futbolchilarning raqiblari to'g'risida malumot berib o'tamiz.


Ispaniya

Guruh favoriti hisoblanayotgan jamoa musobaqa uchun qaydnomasini elon qildi. Jamoa yulduzi Lamin Yamal musobaqada ishtirok etmaydi.

Darvozabonlar

Raul Ximenes (Valensiya)

Fren Arbol (Granada)

Markos Gonsales (Selta)

Himoyachilar

Pau Kubarsi (Barselona)

Jon Martin (Real Sosedad)

Ektor Fort (Barselona)

Daniel Munos (Atletiko Madrid)

Oskar Mesa (Real Madrid)

Izan Merino (Malaga)

Andres Kuenka (Barselona)

Yarim himoyachilar

Pau Prim (Barselona)

Roberto Martin (Real Madrid)

Kim Junent (Barselona)

Mark Bernal (Barselona)

Hujumchilar

Mark Guyu (Barselona)

Paulo Yago (Real Madrid)

Pelo Uestamendiya (Atletik Bilbao)

Daniel Yanes (Real Madrid)

Igor Oyono (Vilyarreal)

Pablo Lopes (Valensiya)


Ispaniya yaqinda Evro U-17 saralash bosqichida ishtirok etib, dahshatli natijaga erishdi. Dastlab Maltani 7:0 hisobida tor-mor keltirgan "qizillar" keyinchalik SHimoliy Makedoniyani 5:0, Slovakiyani esa 5:1 hisobida taslim etib, guruh g'olibi sifatida final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


Mali

Avvalroq Mali o'smirlari mundialga Saudiya Arabistonida tayyorgarlik ko'rishi haqida xabar bergandik.

Kuni kecha afrikaliklar ushbu mamlakatdagi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, ekvadorlik tengqurlarini 4:1 hisobida mag'lub etdi. Gollarga Hamidu Makalu (18-daqiqa), Mamadu Dumbiya (24), Ibrohim Diarra (45+2) va Salif Noxan Leytxun (88) mualliflik qildi. Ekvador safida esa Kaysedu Jurkeff (47) javob qaytardi.

SHuningdek, "burgutlar"ning sobiq sardori, murabbiy Sumaila Kulibali Indoneziyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadigan 25 nafar futbolchini elon qildi.

Darvozabonlar 

Burama Kone (Elin Olimpik)

Diguine Sidibe (Bamako)

Seriba Dumbiya (Bamako)

Himoyachilar

Usmon Simpara (Etoil du Mande)

Baye Kulibali (Etoil du Mande)

Musa Traore (Bamako)

Gaussu Kone (Elin Olimpik)

Seku Kone (Guidars)

Issa Traore (Joliba)

Abdulaye Maiga (Burgos)

Allasane Togola (Guidars)

Sulaymon Sanogo (Elin Olimpik)

Yarim himoyachilar

Musa Massire Diop (Guidars)

Usmon Tero (AS Bamako)

Modibo Sissoko (Guidars)

Bi Yuan Nene (Guidars)

Ange Martial Tia (AFE)

Hamidu Makalu (Guidars)

Hujumchilar

Ibrohim Diarra (Afrika)

Ibrohim Kanate (AFE)

Mahmud Berri (Etoil du Mande)

Salif Noa Lentu (Betesda)

Mamadu Dumbiya (Blek Star)

Badra Traore (Metc)

Usmon Diarra (Generishn Fut)

Kanada

SHimoliy Amerika mamlakati hali yakuniy tarkib borasida to'xtamga kelgani yo'q. Jamoa oktyabr oyining o'rtalarida yakuniy tayyorgarlik arafasidagi yig'inda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini elon qildi, biroq hali mundialda ishtirok etadigan o'yinchilar tasdiqlanmadi.

Darvozabonlar

Nataniel Abraham (Toronto)

Dominik Kantorovich (Toronto)

Aleksandr O’Brayen (Toronto)

Himoyachilar

Viktor Fung (Inter Mayami)

Eten Goden (Monreal)

Sergey Kozlovskiy (Monreal)

Ximer Omeze (Toronto)

Lazar Stefanovich (Toronto-2)

Jivan Badval (Vankuver Uaytkeps)

Lino Aklil (Monpele)

Gael de Montini (Monreal)

Eydan Fong (Vankuver Uaytkeps)

Teo Rigopulos (Toronto-2)

Yarim himoyachilar

Alessandro Bello (Monreal)

Richard CHukvu (Toronto)

Filip Igbinobaro (Toronto)

Tayler Londono (Toronto)

Liam Makkenzi (Vankuver Uaytkeps)

Tarik Tahid (Vankuver)

Hujumchilar

Antoni Klyukovski (Pogon)

Lukas Ozimek (Toronto)

Erik Pop (Karlsrue U-19)

Kevon Taverne (Forj Hemilton)

Kayler Voevodich (Vankuver Uaytkeps)

Kanadaliklar JCHga tayyorgarlik doirasida Braziliyaga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 1:3 va 0:5 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика