Tyago Alkantara ukasi Rafinyani qo'llab-quvvatladi
19 sen 2015 13:14
Yangiliklar
Tyago Alkantara ukasi Rafinyani qo'llab-quvvatladi
"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara "Barselona"da o'ynaydigan ukasi Rafinya Alkantarani qo'llab-quvvatladi.
Rafinya "Roma"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat olib 6 oyga safdan chiqqan edi.
"Mana endi onamning so'zlarini tushunib etdim: "Undan ko'ra mening tizzalarim jarohat olgani yaxshi edi". Hozir o'zimni onamning o'rnida ko'rdim va uni tushundim. Onam ham sen haqingda xuddi men kabi qayg'urayotganiga ishonaman. Biz doimo orzularimiz ushalishi uchun kurashishimiz, irodali bo'lishimiz kerakligini eshitar edik. Ammo bizga hech kim yo'llar sirpanchiq ekanligini aytmagan. Tez orada tuzalib ketishingga tilakdoshman. Seni yaxshi ko'raman, ukajon" - deydi Tyago.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar