Tuxel: "Barchasi OAV yozayotgandek yomon emas"
05 noy 2023 13:10
Yangiliklar
Tuxel: "Barchasi OAV yozayotgandek yomon emas"
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniya Bundesligasi doirasida "Borussiya" D mag'lub etilgani haqida gapirdi.
"Jamoada o'sish kuzatilmayotgan bo'lsa-da, nega g'alabaga erishdik? Lotar Matteus buni aniq biladi. Agarda u ham bilmasa, Didi Xammanning xabari bor. Jamoaning o'yinidan mamnunman, barchasi ajoyib o'tdi. Biz zo'r o'yin ko'rsatdik, top-o'yin bo'ldi. Jamoa uchun xursandman. Gollar urish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'ldik, g'alabaga loyiq edik.
Juda ko'p ishlarni yaxshi bajardik, barchasi ham OAV yozayotgandek yomon emas. 4:0 hisobida g'alaba qildik, endi jurnalistlar 180 gradusga o'zgarib qolishadi. Ko'ngilni yozing. Endi mensiz ham o'z ishingizni qilishingiz mumkin", - dedi mutaxassis.
"Bavariya" navbatdagi uchrashuvini 8 noyabr kuni "Galatasaroy"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar