So’nggi yangiliklar

16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан". Таркиблар маълум  0 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  0 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  6 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  3 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  1 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  6 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9

"Turon"ning kamerunlik legioneri: "Kumirim - Ronaldu. CHempionlar ligasi finaliga "Real" chiqadi" Yangiliklar

"Turon"ning kamerunlik legioneri: "Kumirim - Ronaldu. CHempionlar ligasi finaliga "Real" chiqadi"

Yaypanning "Turon" klubiga yangiliklarni kuzatib boradigan muxlislar yaxshi bilishadi, joriy mavsumdan 2004 yilda tug'ilgan kamerunlik Ngu Abega Enyang jamoa safiga kelib qo'shilgan.

Saytimiz muxbiri legioner futbolchi bilan kichik intervyu tashkil etdi.

- Abega, salom. "Turon" klubiga kelib qo'shilishingiz qanday yuz berdi?
- Salom. "Turon" klubiga jamoa menejerlari taklif qilishdi. Menga O'zbekistonda yuqori maqsadlar yo'lida tashkil etilgan yosh jamoa bor ekani va klub rahbarlari meni taklif qilishayotgani haqida aytishdi. Taklifni o'ylab ko'rib qabul qildim va jamoa safiga kelib qo'shildim.

- O'zbekistondagi futbol haqida fikringiz qanaqa? Umuman, sizni bu erdagi futbol qoniqtirayaptimi?
- Yurtingizda futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Jamoa safiga kelib qo'shilganimdan buyon hamma narsa futbol muhitiga qaratilganini ko'rdim. "Turon"da meni qoniqtirmayotgan biron jihat yo'q. Barchasi alo darajada. SHuningdek, futbol uchrashuvlari katta atmosfera ostida o'tmoqda. O'yinlarimizga ko'plab muxlislar keladi va bizni doimiy qo'llab-quvvatlab borishmoqda. Qachon muxlislarga yaqinroq joydan o'tsam, guvoh bo'laman, mening va boshqa jamoadoshlarimning ismlarini aytib olqishlashadi. O'yinlarning darajasi ham juda yuqori.




- "Turon"da kimlar bilan do'stsiz?
- Barcha bilan birdek do'stmiz. Futbolchilar, murabbiylar shtabi, klub xodimlari, ularning hammasi bilan do'stona munosabatdaman.

- O'zbek milliy taomlari sizga maqulmi? Masalan qaysilari?
- Ha, o'zbek milliy taomlarining barchasi menga yoqdi. Bu erda mahalliy aholi palovni xush ko'rarkan, menga ham palov maqul keldi.

- Umuman futboldagi kumiringiz kim?
- Ronaldu mening kumirim hisoblanadi. SHu bois "An-Nasr" ishtirokidagi o'yinlarni imkon qadar ko'rib borayapman. Yoki o'tkazib yuborsam, internet orqali gollarini ko'rib chiqayapman. Hozir Ronaldu uchun "An-Nasr" muxlisiga aylandim desam to'g'ri bo'ladi.

- Sizningcha, "Real Madrid" va "Manchester Siti" klublari o'rtasidagi bahsda kim finalga chiqadi?
- "Real Madrid" chiqadi deb o'ylayapman. CHunki qirollik klubining bu kabi katta o'yinlarda tajribasi ko'proq. Manchesterdagi javob o'yinida Benzema gol uradi.

- Erling Holandchi?
- Holand shubhasiz hozir dunyoning eng zo'r hujumchilaridan biri. Biroq javob o'yinida u gol urmaydi deb umid qilayapman. "Real Madrid"ning finalga chiqishiga muxlislik qilaman.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика