So’nggi yangiliklar

08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  0 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  6 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  5 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1

"Turon"ning "bo'ron"i "temiryo'lchilar"ni manzilidan to'xtatishga urinib ko'radi Yangiliklar

"Turon"ning "bo'ron"i "temiryo'lchilar"ni manzilidan to'xtatishga urinib ko'radi

Bugun olovrang quyoshimiz kurrai zaminning markazida javlon urib turganida, Yaypan stadionidagi ikki jamoani ikki tomonga kuzatib qo'yamiz: biri Superligaga, biri esa undan olisroq bo'lgan Pro ligaga ravona bo'ladi.

"Lokomotiv" joriy mavsum Coca Cola Superligasida 12-o'rinni, "Turon" esa Pro ligada 3-pog'onani egallagan holda o'tish o'yinida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

O'zaro o'yinlar

Ikkala jamoaning o'zaro qarama-qarshiligini sanash uchun bitta qo'limiz etarli sanalardi. O'tkazilgan besh uchrashuv davomida toshkentliklar uch marotaba kayfiyatlarini chog' qilishgan bo'lsa, yana ikki bahsda do'stlikni qoniqtiradigan hisob qayd etilgan. Jami to'qnashuvlarning ikkitasi nazorat o'yiniga to'g'ri keladi. SHu jumladan, oxirgi o'yin zarvaraqlariga nazar soladigan bo'lsak, 16 iyul sanasida "Lokomotiv" stadionida kechgan o'rtoqlik o'yinida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishgan. Islom Qobilov va Nurmuhammad Toshpo'latovning goliga vodiyliklardan Azamjon Aliev javob qaytargandi.



So'nggi o'yinlar 

"Lokomotiv" oxirgi turlarda ijobiy natija qayd etib, to'g'ridan-to'g'ri Pro ligaga sho'ng'ishdan qutulib qoldi. Jumladan, Coca Cola Superligasining so'nggi ikki turida Denis Korostichenko 4 ochko jamg'ardi. "Turon" esa, aksincha, 2-o'rin o'zaro kurashda "Buxoro"ga imkoniyatni boy berdi hamda pley-off uchrashuvini o'ziga tortiq qilib oldi. SHunga qaramay, yaypanliklar oxirgi 3 o'yinda muxlislarini quvontiradigan natija qayd etgan holda 8 ta gol urib, darvozasidan atigi 1 ta gol o'tkazib yubordi.



Hakamlar

Mazkur bahsni Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Najafaliev joriy mavsum "Lokomotiv"ning "So'g'diyona" (0:1) va "Bunyodkor" (0:0)ga qarshi uchrashuvlarida ishlagan, "Turon" ishtirokidagi uchrashuvni esa ilk bor boshqarib boradi.



Oqil Abdubarnoev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика