"Turon" bugunning o'zida uchinchi legioner transferini elon qildi
15 fev 2023 21:07
Yangiliklar
"Turon" bugunning o'zida uchinchi legioner transferini elon qildi
Gruziyalik Zakariya Beglarishvili "Turon" azosiga aylandi.
Yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish maqsadida vodiyliklar safiga bir qator futbolchilar kelib qo'shilmoqda. Xususan, Gruziyalik hujumkor yarim himoyachi Zakariya Beglarishvili klub bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Beglarishvili faoliyati davomida "Dila", "Ayaks", "Olimpi", "Lokomotiv Tbilisi" kabi klublar sharafini himoya qilgan. SHuningdek, u Gruziyaning turli yoshdagi terma jamoalari safida ham o'ynagan.

Avvalroq klub safiga serbiyalik futbolchi Milan Bojovich hamda CHernorgoriyalik Nikola Kumburovich kelib qo'shilgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar