So’nggi yangiliklar

13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  7 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  80

Turning so'nggi to'rt uchrashuvida imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

Turning so'nggi to'rt uchrashuvida imkoniyatlar qanday?

Bugun oliy liganing to'rtta bahsi bilan 5-tur o'yinlariga yakun yasaladi. Odatga ko'ra to'qnashuvlardagi imkoniyatlarni chamalab chiqamiz.
 So'g'diyona (Jizzax) – Metallurg (Bekobod)  
18 aprel 2015. Yangier. “Yangier” stadioni. 16:45
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
UzPFL vakili: B. Haydarov.
Imkoniyatlar: 45:55%



Joriy mavsum omadi yurishmayotgan jamoa nafaqat tarkib, balki maydondan ham etarlicha kamchilikka ega. O'z stadioni bitmaganligi tufayli ikkinchi o'yinni ham Yangierda o'ynashga majbur bo'layotgan "So'g'diyona" bu o'yinda yana qiynaladi. Boisi Davron Fayziev mayda paslarga tayangan holda o'yin olib borishni yaxshi ko'radigan murabbiylar sirasiga kiradi. Yangierdagi maydon esa bunga imkon bermaydi. Aksincha, bu uzoqdan uzatmalarni oshiradigan "Metallurg"ga qo'l kelishi mumkin. Qolaversa, Rustam Mirsodiqov jamoasi o'z maydonida g'alaba qozonishi mumkin bo'lgan o'yinda imkoniyatni boy berib qimmatli ochkolardan mahrum bo'ldi.


Neftchi (Farg'ona) – Mashal (Muborak)
18 aprel 2015. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 17:00
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
UzPFL vakili: V. Letkin.
Imkoniyatlar: 50:50%



Va nihoyat, Farg'ona ahli uzoq kutilgan yangi stadionda oliy liga o'yinlarini o'tkazadilar. "Istiqlol" stadioni bugun to'lib toshsa ajab emas. Raqib ham chakki emas, "Mashal" o'z maydonida OCHL yo'llanmasi uchun kurash olib borayotgan "Olmaliq"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. "Neftchi" esa Toshkent viloyatining ikkinchi jamoasini safarda mag'lub etib kelgan edi. Bu o'yinga ikki jamoa ham yo'qotishlarsiz kelgan, bu esa o'yinning qiziqarli bo'lishini taminlashi tabiiy.


Andijon (Andijon) – Buxoro (Buxoro)
18 aprel 2015. Andijon. “Sog'lom Avlod” stadioni. 16:00
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: V. Valickiy.
UzPFL vakili: R. CHernikov.
Imkoniyatlar: 50:50%



Bugungi o'yindagi durang ikki jamoani ham qoniqtirmaydi. 1 ochkodan to'plar nisbatiga ko'ragina 14 va 15-o'rinlarni bo'lishib turgan bu ikki klub o'rtasidagi o'yinda imkoniyatlar teng bo'lsa-da, kimdir g'alaba qozonishi aniq. "Buxoro" qarshiliklarga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish etdi, biroq gol bo'lmadi. "Andijon" esa vodiy derbisidan ochko olib qaytdi. "Buxoro" Edger Gess uchun tanish jamoa ekanligi maydon egalariga qo'l kelishi mumkin. Abdumalik Abdullaev uchun esa gol urish uchun yaxshi imkoniyat.


Olmaliq (Olmaliq) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
18 aprel 2015. Olmaliq. “OKMK” stadioni. 18:00
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), R. Serazetdinov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
UzPFL vakili: N. Lutfulin.
Imkoniyatlar: 55:45%



Mavsumni ko'taringki ruhda boshlagan "Olmaliq" so'nggi ikki turda qiynaldi. Aftidan klub bor kuchini "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi ishlatgan ko'rinadi, o'z maydonida "Andijon"ni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Keyin safarda "Mashal"ga ikki to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchradi. Gogolning yo'qligi jamoaga pand bergan ko'rinadi. Bugun jamoa sardori maydonga tushish huquqiga ega bo'ladi. "Qo'qon-1912" tarkibida hech qanday yo'qotish yo'q, barchasi joyida. Kamiga Qo'qondan 200 nafardan ortiq muxlis Olmaliq sari yo'lga chiqishni  rejalashtirgan. SHuni malum qilamizki, bu o'yin "CA" fotonigohida bo'ladi, ko'rishguncha!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика