So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Trapattonidan qiyos. Yopiq mashg'ulot o'tkazishdan maqsad nima? Yangiliklar

Trapattonidan qiyos. Yopiq mashg'ulot o'tkazishdan maqsad nima?

Teglar :  Jovanni Trapattoni
Yana bir mavzu muhokamasi.

Kunlardan bir kuni "Milan"ning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Jovanni Trapattoniga savol berishadi. Nima uchun siz mashg'ulotlarni yopiq tarzda o'tkazmaysiz? Axir raqib tomon kelib sizning o'yiningizni, futbolchilarning harakatlarini o'rganib ketishi mumkin-ku? SHu pallada zukko Trapattoni juda ajoyib tarzda javob qaytaradi: "Kelib istaganicha o'rganishi, kuzatishi mumkin. Lekin ularda men kabi mahoratli ijrochilar yo'q. SHunday ekan men bundan xavotir olmayman",- degan edi italiyalik mutaxassis. 

Nima uchun bu voqeani esladim, hozirgi kunga kelib klublarimiz, ayrim hollarda terma jamoamiz mashg'ulotlarini yopiq tarzda o'tkazishga kelishib olishadi. Bundan maqsad nima? Bugungi internet rivojlangan oshkoralik zamonda bundan qanday foyda topish mumkin? Mayli biz OAV, lekin klub matbuot xizmatiga ham buni taqiqlash mumkinmi?

1. Yangi futbolchilarni ommadan berkitish 

Odatda davralar oralig'idagi klublar o'z tarkiblarini kuchaytirish, yangi futbolchi olish payiga tushishadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Garchi ularning hammasi ham yakunda jamoada qolmasada, malum vaqt mashg'ulot o'tkazishadi, xolos. Murabbiylar esa bu masalada sukut saqlashlari turgan gap. Kim qoladi, kimlar ko'rikda mavhumligi bois mashg'ulotlar yopiq o'tiladi. Jizzaxning "So'g'diyona" klubi matbuot xizmati 4 yanvar kuni jamoaning yig'ini yopiq olib borilishini yozdi. Ispaniyaliklar qo'l ostida yig'inga kirishgan "Surxon" matbuot xizmati ham sukutda. Saytimiz orqali termizliklarning mashg'uloti, yangi murabbiy va futbolchilar haqida malumot berdik. O'sha kuni jamoaning ilk mashg'uloti berk eshiklar ortida kechdi. 

2. Klub imiji

Tanqiddan biroz chekingan holda, mazkur holatni to'g'ri tushunish ham mumkin. Deylik qishki yig'inlar chog'ida "Lokomotiv" klubi yangi futbolchilarning kiyimi turlicha ekanligini, suratlarda bu holat xunuk ko'rinishini bildirdi va biz o'rnida qabul qildik. Ushbu holatda mashg'ulotni yopiq qilishdan maqsad - klub imiji.

3. Yangi uslub va taktikani ko'zdan kechirib olish 

O'zbekiston milliy terma jamoasida shunday vaziyatga duch kelganmiz. Esingizda bo'lsa, Samvel Babayan JCH-2018 saralash bosqichining so'nggi ikki turidan oldin Toshkentda Qirg'iziston bilan o'rtoqlik o'yini tashkil qilinadi. Unga esa hech kim kiritilmaydi. Oradan bir necha yil o'tib Vadim Abramovda ham takrorlandi. Saudiya Arabistoni bilan o'yindan avval Qirg'izistonga qarshi bahs jonli efirda ketmasligi, yopiq o'tishi malum qilindi. Biroq keyinchalik etirozlar va talabdan kelib chiqib ochiq o'tkazildi. O'tgan yilning may oyida Turkmaniston bilan nazorat bellashuvi OAV va muxlislarsiz tashkillashtirildi. 

Albatta har bir murabbiyning o'z qarashlari bor. Uning ishiga aralashishga haqqimiz yo'q. CHunki natijaga bevosita javobgar shaxs aynan bosh murabbiydir. Ammo bugungi kun nuqtai nazaridan kelib chiqsak, atrofdan malumot olish oson bo'lib qolgan davrda kun kechirmoqdamiz. 

Qadrli muxlis siz qanday fikrdasiz?

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика