So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  9 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  0 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  1 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  1 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Transferlar "xalta"si. "Navbahor" chempion, "Nasaf"da sukunat, "So'g'diyona"dan kutilmagan yurish. Kimda qanday vaziyat? Yangiliklar

Transferlar "xalta"si. "Navbahor" chempion, "Nasaf"da sukunat, "So'g'diyona"dan kutilmagan yurish. Kimda qanday vaziyat?

Transferlar mavsumi futboldagi eng faol jarayon hisoblanadi

Ayrim jamoalar tarkibni kuchaytirish va yana bazilari raqobatni oshirish yo'lida yangi futbolchilarni jalb qilishadi.Klublar tomonidan amalga oshirilgan haridlar qanchalik omadli chiqishi esa yakunda bilinadi. Klublarimizning bu boradagi harakatlari qanday ketyapti? 

"Navbahor"

Samvel Babayan boshchiligidagi "Navbahor" qishda o'z transferlari bilan ommaning etiborini qaratgan, bu borada chempionga aylangandi. Buni qarangki, yozda ham ular barchadan oldin otni qamchilashmoqda. Jamoani tark etgan futbolchilarga to'xtalsak, bu borada unchalik katta yo'qotish ro'y berdi, deya olmaymiz. Andrey Sidorov, Islom Kenjaboev, Ehsoni Panshanbe o'yin amaliyotisiz qolib ketgandi. Ularni birinchi davrada  maydonda  deyarli ko'rganimiz yo'q. Jasur Yaxshiboev, Vladimir Kozak, Diyorjon Turopov, Mirlan Murzaev bilan rasman shartnoma imzolandi. Ayniqsa Yaxshiboevning kelishi jamoaning hujumdagi ishlarini yanada oldinga yurgizsa ajabmas. Oston O'runovning ham jamoaga kelishi borasida gaplar bolalagan. 


"Navbahor" Murzaevning jamoaga kelganini tasdiqladi



Rasman: Jasur Yaxshiboev "Navbahor"ga o'tdi

FOTO. Turopov "Navbahor" mashg'ulotlariga qo'shildi

Ekspert fikri: "Navbahor" Jasur Yaxshiboev uchun ortga tashlangan qadam emas. U oddiy jamoaga kelmadi"

"Nasaf"

Allaqachon o'zining tanlab olgan yo'liga va strategiyasiga ega bo'lib ulgurgan "Nasaf" doimgidek kamtar. "Ajdarlar" Semir Smaylagich bilan hamkorlikni davom ettirmaydigan bo'ldi. O'zini ko'rsata olmagan xujumchi boshqa jamoaga yo'l oldi. Ro'ziqul Berdievga ayni paytda hujumchi zarur ekanligi malum. CHunki Birgina Husayn Norchaevning o'zi bilan mavsumni o'tkazish qiyin. Unga esa raqobatchi zarur. 


"Paxtakor"

O'zbekistonning amaldagi chempioni bilan bog'liq asosiy o'zgarish murabbiylar shtabida bo'ldi. Tark etgan futbolchilar: Xojimat Erkinov, Kamen Xajiev, Jasur Yoqubov. Yangi futbolchilar haqida esa hozircha faqat gap-so'zlar. Doston Hamdamov Qatardagi qisqa faoliyatidan so'ng yana "Paxtakor"ga qaytdi.  Ruslan Jiyanov, yangi legionerlarni kelishi va hokazo. Abror Ismoilov jamoa mashg'ulotlarida ko'rinish berdi. Ikkinchi davrani "sherlar" safida boshlash ehtimoli bor. Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

 


"Qizilqum"

Navoiy klubida katta o'zgarishlar yo'q. Islom Kenjaboev "Navbahor"dan so'ng "Qizilqum"ga qaytishga qaror qildi. Asosiy katta yo'qotish esa tabiiyki Erkin Baydullaev.  U "Dinamo"ga qaytdi


Islom Kenjaboev "Qizilqum"ga qaytdi



"So'g'diyona"

SHubhasiz yozgi transferlar oynasini "So'g'diyona" o'zining kutilmagan yurishi bilan bezab bermoqda. Terma jamoadagi o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Vitaliy Denisov endilikda jizzaxliklar sharafini himoya qiladi. Nom va obro' jihatdan juda yaxshi futbolchini qo'shib oldi. Ulug'bek Baqoev ikkinchi davrada Artyom Filiposyan, Behruz SHodmonov, Marat Bikmaev xizmatidan foydalanmaydigan bo'ldi. 


Vitaliy Denisov Superliga klubiga o'tmoqda


AGMK 

Mirjalol Qosimov yozgi haridlar vaqtida mudofaa chizig'ini kuchaytirishga astoydil harakat qilmoqda. Eldor Begimovning qaytishi  va Artyom Filiposyanni taklif qilinishi shundan dalolat beryapti. SHuningdek "Lokomotiv"dan Muhammdanas Hasanov ham bundan buyon "konchi" sanaladi. Ketganlarga to'xtalsak, Andrey Mishenko sobiq ustozi boshchiligidagi "Neftchi"ning mashg'ulotlarida qatnashmoqda. 


Rasman: Filiposyan — AGMK futbolchisi



"Bunyodkor"

Minskda yig'in o'tkazayotgan "qaldirg'ochlar" Akbar Ismatullaev va Jasur Yoqubovni taklif qildi. Dilshod Jo'raev, Odiljon Abdurahmonov ikkinchi davraga boshqa jamoa bilan hozirlik ko'rmoqda. Yarim himoya nisbatan kuchsizlandi, deyishimiz mumkin. SHunga qaramay klub ichki imkoniyatidan kelib chiqib tarkibni kuchaytirishga harakat qilmoqda. 


"Bunyodkor" ikki himoyachini tarkibiga qo'shib olayotganini malum qildi


Davomi bor. Barcha jamoalardagi o'zgarishlarga to'xtalamiz. Bu borada havotirga o'rin yo'q. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика