So’nggi yangiliklar

14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  1 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  2 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9

Transfer sankciyalari APL klublariga ham qo'llanilishi mumkin Yangiliklar

Transfer sankciyalari APL klublariga ham qo'llanilishi mumkin

Bir necha kun oldin FIFA "Real" va "Atletiko"ni voyaga etmagan futbolchilar xaridi uchun 2 transfer oynasi mobaynida yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlagan edi.

Malumotlarga ko'ra, Angliya chempionati klublari ham ushbu sankciyalar bilan "siylanishi" mumkin.

Hozircha premer-liganing qaysi klubi xavf ostida ekanligi nomalum, ammo "Telegraph"ning maqolasida "CHelsi" tilga olingan:

"CHelsi" 2009 yilda Gael Kakutani xarid qilgani uchun "ko'klar"ga ikki transfer oynasida yangi futbolchi sotib olish taqiqlangan edi, ammo sport-arbitraj sudi bu qarorni bekor qildi.

FIFA qonunlariga ko'ra klub boshqa davlat fuqarosi hisoblanuvchi 3 nafar 18 yoshgacha bo'lgan futbolchini o'z safida o'ynatishi mumkin.

2015 yilning noyabr oyida Ispaniyaning AS nashri Londonning ikki klubi FIFA tomonidan jazolanishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

Aynan o'sha malumotlar orasida "Real" va "Atletiko"ga ham sankciyalar qo'llanilishi borasida aytilgan.

"Telegraph" maqolasida "Arsenal" nomi tilga olinmagan. SHuningdek, o'sha malumotlar orasida "Real" bosh direktori Xose Anxel Sanchesning so'zlari bo'lgan:

"Britan klublari bilan yaqindan tanish emasman, ammo bir qancha vaqt oldin tartib-intizom qo'mitasi tekshiruv ishlarini boshlaganidan xabardorman.

Taxminimcha, tekshiruvlar uchun FIFAning manbalari cheklangan va tashkilot oldin bajargan ishlarini takrorlashi mumkin, ammo buning hammasi Evropa darajasida amalga oshirilayotgandek taassurot uyg'otyapti.

Ish mobaynida ingliz klublarida tanishlar orttirganman va FIFA ularning bazilariga nisbatan tekshiruv ishlarini boshlaganini bilaman, ammo qaror va natijadan xabardor emasman. FIFA butun dunyoda shu ishni bajarmoqchidek taassurot uyg'onyapti. Yaqin ikki yil ichida, shunga o'xshash ko'plab voqealar sodir bo'lsa kerak".

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика