"Tottenxem" yana bir bor "Liverpul"ning ustidan kuldi
10 okt 2023 19:33
Yangiliklar
"Tottenxem" yana bir bor "Liverpul"ning ustidan kuldi
Uchrashuvdan keyin hakamlik borasida juda katta mojarolar avj oldi. Birinchidan, hakamlar Luis Diasning toza golini inobat olishmagan bo'lishsa, ikkinchidan, Kertis Jons va Diogu Jotaga qizil kartochka ko'rsatishdi.
Yurgen Klopp uchrashuv davomida hakamlarning audioyozuvlariga reakciya bildirar ekan: "Bu isbotlar hech nimani o'zgartirmaydi, chunki o'tgan ishlar o'tib bo'ldi. O'yinning borishini, urgan golimizni ko'rdim. Uni hisoblashmadi, o'yindan keyin hech qanday audiolar ham, arizalar ham elon qilinishini kutmagandim. Nimalar bo'lganini bilmay qolib ketishimni kutgandim. Bu erda yagona variant - qayta o'yin. Ammo buning ilojisi yo'q", - deb izoh berdi.
Ayni damda xalqaro tanaffuslar sababli terma jamoalarning o'yinlari boshlanadi. Angliya termasi yig'iniga chaqirilgan "Tottenxem" futbolchisi Jeyms Meddison hamda "Liverpul" futbolchisi Trent Aleksandr-Arnoldning rasmiga "shporlar" matbuot xizmati shunday yozdi:
"U hali ham qayta o'yin bo'lishini istamoqda"

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar