"Tottenxem" sobiq futbolchisi havaskor jamoaga o'tdi
08 noy 18:01
Yangiliklar
"Tottenxem" sobiq futbolchisi havaskor jamoaga o'tdi
"Tottenxem" va Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sandro Raneri Angliya futbolining ettinchi darajali turniri bo'lgan Janubiy liga markaziy premer-divizioni vakili "Harboro Taun" klubi bilan shartnoma imzoladi.
SHartnoma muddati va uning tafsilotlari oshkor etilmagan. Sandro "Harboro Taun"da 30-raqamda harakat qiladi.
Uning so'nggi klubi Portugaliyaning "Belenensesh" jamoasi bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Sandro Raneri 2010 yildan 2014 yilgacha "Tottenxem" safida 106 o'yin o'tkazgan. Braziliyalik futbolchi terma jamoasi safida ham 17 o'yinda qatnashgan.
Fikrlar