"Tottenxem" Langleni ijaraga olmoqchi
24 iyu 2022 21:52
Yangiliklar
"Tottenxem" Langleni ijaraga olmoqchi
"Barselona" himoyachisi Kleman Langle Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.
Futbolchini ijaraga olish bo'yicha tomonlar o'rtasida bir necha haftadan beri muzokaralar davom etmoqda. Kataloniya klubi futbolchini sotmoqchi, ammo maoshni qisqartirish uchun Langleni ijaraga berishga ham tayyor. Qayd etilishicha, Londonning “Tottenxem” klubi 27 yoshli futbolchiga maoshning katta qismini to'lab beradi.
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes futbolchiga kelgusi mavsumda unga umid qilmasligini aytdi. Langle yakuniy qarorini ingliz klubi bosh murabbiyi Antonio Konte bilan suhbatdan keyin qabul qilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar