"Tottenxem" Depay uchun "Barselona"ga 17 million evro to'lashga tayyor
17 iyu 2022 18:48
Yangiliklar
"Tottenxem" Depay uchun "Barselona"ga 17 million evro to'lashga tayyor
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.
Londonliklar shanba kuni kataloniyaliklarga forvard uchun 17 million evro taklif qilishdi. Ammo, "Barsa" uning sotuvidan 20 mln evro olmoqchi. Futbolchining o'zi boshqa klublarning taklifini kutishni xohlaydi. Depay APLga qaytmoqchi emas.
Depay o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, Depay Kataloniya klubiga 2020 yilning yozida erkin agent maqomida o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar