So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  21 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Toshkentda "Sog'lom ona va bola yili"ga atalgan havaskor futbolchilar turniri bo'lib o'tdi Yangiliklar

Toshkentda "Sog'lom ona va bola yili"ga atalgan havaskor futbolchilar turniri bo'lib o'tdi

Poytaxtimiz Toshkent shahrida havaskor futbolchilar o'rtasida "Sog'lom ona va bola yili"ga atalgan turnir bo'lib o'tdi.

Musobaqada ko'plab ajoyib jamoalar ishtirok etishdi. Uchrashuvlar Oq-tepada joylashgan suniy maydonda o'tkazildi. Turnirda "A" va "B" guruhiga bo'lingan 8 ta jamoa qatnashdi.

"A" guruhi

1. "Pop" (Namangan viloyati) - 9 ochko

2. Sebzor (Toshkent) - 4 ochko

3. Favorit (Toshkent) - 4 ochko

4. Do'stlik (Qo'qon) - 0 ochko



"B" guruhi

1. "Bunyodkor" muxlislari - 9 ochko

2. CHorsu - 4 ochko

3. Top Mix - 3 ochko

4. Yoshlar - 1 ochko



1-tur

"Bunyodkor" muxlislari - CHorsu 8:3

Yoshlar - Top Mix 4:6



2-tur

"Bunyodkor" muxlislari - Yoshlar 4:1

CHorsu - Top Mix 4:6


3-tur

Yoshlar - CHorsu 5:5

"Bunyodkor" muxlislari - Top Mix 6:4



"A" va "B" guruhlarida "Pop" (Namangan), Sebzor, "Bunyodkor" muxlislari hamda CHorsu jamoalari yarim finalga yo'l olishdi. Ushbu bosqichda "qaldirg'ochlar" muxlislari Sebzorni 5:2 hisobida, Namangandan tashrif buyurgan "Pop" futbolchilari CHorsu jamoasini 8:1 hisobida mag'lub etishdi. 


Yarim final

"Bunyodkor" muxlislari - Sebzor 5:2


"Pop" (Namangan) - CHorsu 8:1



3-o'rin uchun bahs Sebzor va CHorsu jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi, ammo uchrashuvning ikkinchi qismida Sebzor futbolchilari ustunlikni o'z tomoniga og'dirib, bronza medali egasiga aylandi.


3-o'rin uchun bahs

Sebzor - CHorsu 4:1


Finalda turnirning eng kuchli ikki jamoasi to'qnash keldi. Namanganliklar o'z o'yini bilan ko'plab muxlislarning mehrini qozonishga muvaffaq bo'lishdi. "Bunyodkor" muxlislari finalni o'z barabanlari bilan o'tkazishga qaror qilishdi. Birinchi bo'limda kichik ustunlik toshkentliklar tomonida bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ikkala jamoa ham gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yakunda hisob 3:1, "Bunyodkor" muxlislari chempion! "Pop" jamoasiga turnirning kumush medallari nasib etdi.


Final

"Bunyodkor" muxlislari - "Pop" (Namangan) 3:1











Turnirning barcha suratlarni fotogalereya bo'limimizda tomosha qilishingiz mumkin. FOTO

TAS-IX emas



Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlangan keyingi turnir 6-7 va 13-14 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика