So’nggi yangiliklar

23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  7 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  1 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  3 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  2 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  12 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  104 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  3 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1

Toshkentda murabbiylarning bilimlarini yangilash kurslari boshlandi Yangiliklar

Toshkentda murabbiylarning bilimlarini yangilash kurslari boshlandi

Teglar :  MurabbiylarO'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtimizda futbol murabbiyligi sohasini rivojlantirish, ularning kasbiga bo'lgan qiziqishini orttirish, ularning malakasini muntazam oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'FA tomonidan Andijon hamda Namangan viloyatlarida murabbiylarning kasbiy malakasini oshirish, murabbiylik sohasidagi yangiliklar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida bilimlarni yangilash o'quv kurslari tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.
 
Murabbiylar bilimlarini yangilash kurslarining navbatdagisi Toshkent shahrida start oldi. O'quv kurslari O'FA instruktori Dmitriy Kim tomonidan olib borilmoqda. Unga inspektor assistenti Yuriy Arslanov hamda koordinator Davletmuratov Oybek yordam berishmoqda.    


 
Yangi tizimga ko'ra, bilimlarni yangilash o'quv kurslari 2 moduldan iborat bo'lib, 1-modul 5 kun davom etadi. 5 kun davomida murabbiylar futboldagi yangiliklardan xabardor qilinadi. So'ngra murabbiylar bir oy davomida o'rgangan bilimlarini ish joylarida amalda tadbiq qilishadi. 1 oylik muddat nihoyasiga etgach, 2-modulga start beriladi va u 4 kun davom etadi. 4 kunlik muddat davomida murabbiylar amaliy hamda nazariy imtixonlar topshirib, ularga yuklatilgan vazifalarni prezentaciya tarzida himoya qilishadi.
 
SHuningdek, ertaga 4 oktyabr kuni Qarshi shahrida Qashqadaryoda faoliyat olib borayotgan murabbiylar uchun bilimlarni yangilash kurslari boshlanadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика