So’nggi yangiliklar

00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  0 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  23 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  1 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0

Toshkentda Germaniya metodikasi asosida "JFL" futbol maktabi ochiladi Yangiliklar

Toshkentda Germaniya metodikasi asosida "JFL" futbol maktabi ochiladi

Mazkur bolalar futbol klubi, Germaniyada yil sayin o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan SHlotaym shahrining "JFL-Schlotheim" maktabi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Maktab 3ta yosh toifasida ish olib boradi. Bular, U-11 (2006), U-10 (2007-08) va U-9 (2009-10). Sinflarda, Germaniyada bo'lgani kabi, bitta guruhda ikki yosh toifasidagi yosh futbolchilar qatnashandilar. Har bir guruhda 23 nafar bola bo'ladi. 20 nafar futbolchi shartnoma asosida, 3 nafari esa maktab fondi asosida tarbiya topadi.

Evropa metodikasiga ko'ra, bu erda ham avvalo bolani etuk inson bo'lib etishishiga asosiy urg'u beriladi. Maktabda faoliyat olib boradigan murabbiylar mart oyida Germaniyada malakalarini oshirib qaytadilar. Yoz faslida esa ular ikkinchi marotaba Germaniyaga tashrif buyuradilar. Bu paytda germaniyalik murabbiylar ularning o'rniga Toshkentdagi mashg'ulotlarni o'tkazadilar. Har bir mashg'ulotda maktabning shifokori ishtirok etib bolaning salomatligiga masul bo'ladi. Undan tashqari klubda darvozabonlar murabbiyi faoliyat olib boradi. 

"JFL-Tashkent"da futbol sir asrorlaridan tashqari, ingliz va nemis tillari mukammal o'rgatiladi. Maktab fanlari jiddiy nazorat qilinadi. 

Rejaga qo'ra 15 fevraldan qabul boshlanadi. 


Davron Qoriev maktabning 2003-04 yillarda tavallud topgan futbolchilari safidan joy oldi. 

"Kichik farzandim Germaniyaning "JFL-Schlotheim" jamoasi azosiga aylangach, menda mazkur maktab metodikasi asosida Toshkentda filial ochish niyati paydo bo'ldi. SHuning uchun yaqinda bir oy davomida SHlotaymda bo'lib, maktab strukturasi bilan yana bir bor yaqindan tanishdim. O'zim uchun juda ko'p jihatlarni kashf etdim. Endi uni O'zbekistonda amalga oshirish qoldi. Hozirda hujjatli ishlar bilan shug'ullanayapmiz. Loyihamiz ish berishi bilan uning viloyatlardagi filiallarini ochamiz. Undan tashqari, 3-6 yoshdagi yosh bolachalardan iborat to'garaklarni ochish orqali, ularni maktabimiz uchun tayyorlab boramiz. Buning uchun yaxshi bazaga ega bo'lish arafasida turibmiz. Hozircha baza sir bo'lib tursin. Ammo u erdagi sharoitlar ota-onalarni quvontirishi aniq", - deydi kompaniya asoschilaridan biri Dilshod Qoriev.


- Maktabning boshqa futbol to'garaklaridan farqi nimada bo'ladi?

- Evropada farzandingizni biron bir klubga olib borsangiz, ular uni futbolchi bo'lib etishishiga 100% kafil bo'lmaydi. Ammo, farzandingizni boshqa fanlardan qolib ketmasligi, bir kun kelib boshqa kasbni tanlamoqchi bo'lsa qiyinchiliksiz o'sha soxasiga kirishini ham taminlaydi. Boisi ular futbolchisiga avvalo o'zining farzandi sifatida qaraydi. Biz ham shu metodikani qo'llashni niyat qilayapmiz. Avvalo bizga kelgan bolakay futboldan tashqari, maktabning boshqa fanlarini ham mukammal bilsin. Deylik 16 yoshli boladan futbolchi chiqmadi. Ammo u kamida nemis va ingliz tilini biladi, rus tilida gaplashadi. Agar biz Germaniya metodikasini to'liq o'zlashtirib olsak, yillar o'tib oliy ligamizda bizning maktabdan chiqadigan ko'p futbolchilarni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Xudo xohlasa ishimizni samarasini yaqin 6 yilda ko'ramiz. Bu borada Toshkent shahar futbol federaciyasi Vice-prezidenti Mamur Yusupovga bizga katta yordam berayaptilar. Buning uchun ularga rahmat aytamiz.


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика